So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

06 jan 13:53
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Gimnastika, Velosport, Dzyudo, Engil atletika, Og'ir atletika, Boshqalar, Futbol, Ot Sporti, Tokio-2020

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga Alisher Sultonov yangi rahbar etib tayinlandi

Teglar :  MOQ
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasining XXX Bosh Assambleyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda to'rt yillik olimpiya ciklida qilingan ishlar, erishilgan natijalar borasida qo'mita bosh kotibi Oybek Kasimov hisobot berdi. 

Tan olish lozim 2013-2016 yillar mobiynida Rio-de-Janeyrodagi XXX yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlarida sportchilarimizning muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun juda katta ko'lamda ish olib borildi. Eng avvalo O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi to'g'risida” 2013 yil 25 fevraldagi 1923-sonli qarori bilan Dastur hamda Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. 

SHuningdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tarkibiga o'zgartirish kiritilib, yangi boshqarma va bo'limlar tashkil etildi. Joylarda ish faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida Qo'mitaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarida hududiy vakillarning faoliyati yo'lga qo'yildi. 

Dasturga muvofiq 14 ta olimpiya sport turlari bo'yicha respublika federaciya va associaciyalardan 28 ta sport turlariga alohida etibor qaratilib, dastur asosida homiylar biriktirdi. Ularga 2013-2016 yillar davomida jami 46,5 mln. AQSH dollari miqdorida mablag' ajratildi.  

Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarning moddiy-texnik bazalari yanada takomillashtirildi. Jumladan, Toshkent shahrida dzyudo, boks, gimnastika, qilichbozlik, eshkak eshish, taekvondo WTF, tennis, sport kurashlari, og'ir atletika, velosport va Paralimpiya sport turlari bo'yicha sport bazalari hamda markazlari ishga tushirildi. To'rt yil mobaynida Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarga biriktirilgan 88 ta sport bazasidan deyarli barchasida qurilish, rekonstrukciya, kapital tamirlash ishlari amalga oshirilib, ularning moddiy-texnik bazasi zamonaviy talablar asosida yanada takomillashtirildi. Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 dekabrdagi 346-son qarori asosida sport turlari bo'yicha terma jamoalariga 14 nafar xorijiy mutaxassilar jalb etildi. 

Qilingan ulkan hajmdagi ishlar o'z samarasini berdi va o'zbekistonlik sportchilar ilk marotaba yozgi Olimpiya o'yinlarida dunyoning 207 davlati vakillari orasida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza jami 13 ta medaliga sazovor bo'lib umumjamoa hisobida 21-o'rinni band etishdi. Qo'lga kiritilgan yuksak g'alaba Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi(MDH) davlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi, Osiyo qitasida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlaridan keyin to'rtinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi natija bo'ldi. 

Bosh Assambleya yig'ilishida Milliy olimpiya qo'mitasining to'rt yiliik cikldagi faoliyati qoniqarli deb bir ovozdan qabul qilindi. SHundan so'ng Milliy olimpiya qo'mitasiga yangi prezident saylash marosimi bo'lib o'tdi va ushbu lavozimga “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov bir ovozdan saylandi. 

Mamlakatimizdagi sport federaciyalari va taniqli sportchilarning taklifiga ko'ra Mirabror Usmonov Milliy olimpiya qo'mitasining faxriy prezidenti etib tayinlandi. O'z navbatida o'tgan davr mobaynida qo'mitaga rahbarlik qilgan Mirabror Usmonovga butun sport jamoatchiligi va olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan minnatdorchilik izhor etildi. 

SHuni alohida etirof etish kerakki, Mirabror Usmonov Rio-2016 Olimpiadasi cikli boshlangan bir vaqtda MOQ prezidenti etib tayinlangan bo'lib, uning rahbarligida O'zbekiston delegaciyasi Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. 

SHuningdek qo'mita vice prezidentlari sifatida Valeriy Tyan, Salim Abduvaliev, Farhod Turdiev va Umid Ahmadjonovlar saylanishdi. Oybek Kasimov esa Bosh kotib lavozimiga qayta saylandi va faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi. Milliy Olimpiya qo'mitasining XXX Bosh Assambleyasida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
06 jan 18:42:11
Benzema52
olimpiyada o'yinlarida bo'lmagan sport turlariga etibor qaratishsa zo'r bo'lardi
   
06 jan 14:04:03
Shohrux
Alisher aka ishlarizga rivoj futbolimizni yanada rivojlantirishingizga xalqimiz umid qilib qoladi omad yor bulsin aka.....
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing