So’nggi yangiliklar

11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0

14 iyu 19:30
Yangiliklar

Tadbirlar

“O'zbekiston milliy sport va xalq o'yinlari enciklopediyasi”ning taqdimoti bo'lib o'tdi

Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida “O'zbekiston milliy sport va xalq o'yinlari enciklopediyasi”ning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, O'zbekiston Etnosport associaciyasi raisi Oybek Norinboev, O'zbekiston Polvonlar milliy markazi raisi Norqul Yusupov, shuningdek, vazirlik va idoralar, etno va milliy sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarning vakillari, enciklopediya mualliflari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

“O'zbekiston milliy sport va xalq o'yinlari enciklopediyasi” O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–6099-sonli Farmoni hamda “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosi doirasida yaratildi.

Enciklopediya 2 qismdan iborat bo'lib, unga jami 82 ta milliy xalq o'yinlarining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlari haqidagi malumotlar o'zbek, rus va ingliz tillarida kiritilgan.

Kitobning 1-qismida milliy sport turlari va ularning rivojlanishiga munosib hissa qo'shgan sulolaviy sportchilar haqida so'z yuritilgan bo'lsa, 2-qismda milliy sport turlari va xalq o'yinlarining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari to'g'risida hikoya qilinadi.

Taqdimot marosimida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov yig'ilganlarni ushbu quvonchli voqea munosabati bilan samimiy tabriklab, etnosport turlarini yanada keng ommalashtirish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib o'tdi. Kelgusida milliy sport o'yinlarini xalqimiz, ayniqsa yoshlar orasida yanada ommalashtirish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi borasida ham muhim tavsiya va maslahatlarni berdi.

“Birgina enciklopediya bilan cheklanib qolish kerak emas. CHunki, enciklopediyaga sanoqli milliy xalq o'yinlarimiz kiritilgan. Bu esa hali oldimizda qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'pligini anglatadi. Ushbu enciklopediyani metodik o'quv-qo'llanmaga aylantirib, uni o'quv muassasalarida, mahallalarda o'quvchi yoshlarning foydalanishi uchun taqdim etishimiz kerak”, – degan fikrni ilgari surdi vazir.

“Bugun biz uchun haqiqiy bayram, desam mubolag'a bo'lmaydi. CHunki biz orziqib kutgan kun etib keldi. Ushbu enciklopediyadan men tomonimdan 20 yildan ortiqroq vaqt mobaynida respublikamiz bo'ylab kezib, xalq orasidan yozib olingan 150dan ortiq xalq o'yinlarining 29tasi kiritilgan. Bu bilan to'xtab qolmasligimiz kerak, hali xalq orasida uxlab yotgan, yozib olinmagan milliy o'yinlarimiz juda ko'p. Ularni izlab topish, targ'ib qilish va ularning yo'qolib ketmasligi uchun harakat qilishimiz kerak”, – dedi mazkur enciklopediya hammualliflaridan biri, pedagogika fanlari nomzodi Guljahon Mardonova.

SHuningdek, tadbir davomida bir qator mutaxassislar ham ushbu enciklopediyaning ahamiyati borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing