So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

05 dek 13:20
Yangiliklar

Qilichbozlik

O'zbekiston MOQ qilichbozlik sporti murabbiylari uchun seminar o'tkazadi

Teglar :  Qilichbozlik
Joriy yilning 4 - 12 dekabr kunlari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bilan hamkorlikda sportning ushbu turi murabbiylari uchun o'quv-texnik seminarini tashkil etadi.

Mazkur seminar Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ)ning “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida o'tkaziladi.

Seminarni olib borish uchun Rossiya Federaciyasi va SHveciyalik xalqaro ekspertlar Aleksandr Mashin va Igor CHikinyovlar taklif etilishgan. Seminar dasturi zamonaviy bosqichda yuqori toifadagi sportchilarni tayyorlash masalasida nazariy mashg'ulotlar bilan birgalikda, qilichbozlik sportining shpaga va sablya yo'nalishlarida texnik va taktik tayyorgarlik, shuningdek, murabbiylarning professional malakasini xalqaro talablar darajasida oshirish masalalarini ham qamrab oladi.

A. Mashin va I. CHikinyov boshchiligida tashkil etilayotgan seminar davomida murabbiylar shuningdek, sportchilarni musobaqalarga ruhiy jihatdan tayyorlash nazariyasi, hujum va himoyadagi faol harakatlar, sportchini ruhlantirish kabi masalalarda yangi ko'nikmalarga ega bo'lish, shu bilan birgalikda nazariy bilim va darajalarini oshirish imkoniga ega bo'lishadi.

Seminarga taklif etilgan har ikkala ekspertlar ham o'z kasbining mohir ustalari sanalishadi. Jumladan Igor CHikinyov bevosita murabbiylik qilgan estoniyalik Nikolay Novosyolov shpaga bo'yicha 2010 hamda 2013 yillarda yakkalik bahslarida jahon chempionliliga erishgan, Evropa chempionatining uch karra sovrindori bo'lgan. Aleksandr Mashin esa sablya yo'nalishida dunyoning eng kuchli maktablaridan sanalgan Novosibirsk shahri qilichbozlik maktabida ishlab kelmoqda va faoliyati davomida bir necha xalqaro toifadagi shogirdlar etishtirgani bilan mashhur.  
 
Respublikamizning turli hududlari va poytaxtimiz Toshkentdan 55 nafar murabbiy mazkur seminarda ishtirok etadi. Seminar qatnashchilarining har biri metodik qo'llanmalar bilan taminlanadi.

Seminarning tantanali yopilish marosimi 2017 yilning 12 dekabr kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi binosida bo'lib o'tadi. Unda seminarning faol tinglovchilariga Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Baxning imzosi bilan maxsus Sertifikatlar topshiriladi.
Mazkur seminarning o'tkazilishi mamlakatimizda qilichbozlik sportining jadal suratlar bilan rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Seminar davomida orttirilgan tajriba va ko'nikmalar esa murabbiylarga iqtidorli sportchilarni tarbiyalash, terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.   

Malumot uchun, Milliy olimpiya qo'mitasi 1997 yildan beri sport kadrlari malakasini oshirish yo'lida shu kabi seminarlarni o'tkazib kelmoqda. Ortda qolgan davr mobaynida MOQ Xalqaro olimpiya qo'mitasi yordamida badiiy va sport gimnastikasi, qilichbozlik, basketbol, sport kurashlari, taekvondo, dzyudo, engil atletika, suzish, voleybol, ot sporti, figurali uchish, o'q otish va boshqa sport turlari mutaxassislari uchun  40 dan ziyod o'quv kurslari tashkil etdi.   


O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing