So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

01 fev 21:18
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

O'zbekiston MOQ vakillari Pekin shahriga etib borishdi

Teglar :  Qishki OlimpiadaMOQ
Yana 3 kundan so'ng, aniqrog'i 4 fevral kuni Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o'yinlari start oladi.

Unda butun dunyodan tashrif buyuradigan 91 mamlakat vakillari orasida O'zbekiston delegaciya ham ishtirok etadi. Bugun O'zbekiston delegaciyasidan o'rin Milliy Olimpiya qo'mitasi vakillari - Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi, Tashkiliy qo'mita bilan aloqalarga masul Nozim Atakulov hamda Qo'mitaning OAV va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti bosh mutaxassisi, matbuot xizmatiga masul Nurali Yo'ldoshevlar Pekin shahriga etib borishdi. Ishchi guruhi dastlabki tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tishdi. Asosiysi vakillarimiz sog'-salomat.

Bu yilgi qishki Olimpiadada tog' chang'isi sportida Komiljon To'xtaev yurtimiz sharafini himoya qilishidan xabaringiz bor. Sportchimiz 13 fevral kuni gigant slalom, 16 fevralda esa slalom dasturida o'z chiqishini namoyish etadi. Tabiiyki, ochilish marosimida ham u bayroqdorimiz bo'lib, “Qush uyasi” stadioniga delegaciyamizni boshlab chiqadi.

Hozirgi kunda Komiljon To'xtaev Italiyada bo'lajak Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Rejaga ko'ra sportchimiz ham bugun Milan shahridan to'g'ri Pekinga yo'l olishi ko'zda tutilgan. Uning italiyalik murabbiyi Mattia Jianessi esa 9 fevral kuni Xitoyga etib boradi. Sportchimizning Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi va delegaciyamizning musobaqadagi ishtiroki davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.

Rejaga ko'ra, bugun ishchi guruhi Pekindagi Olimpiya shaharchasida qolib, sportchimiz va uning murabbiyning tashrifi uchun tayyorgarlik ko'radi. Ertaga esa hamyurtimiz Komiljon To'xtaev musobaqada ishtirok etadigan Yancin shahriga borib joylashadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
01 fev 21:52:23
Иштирокчи 1та делегатция 10 комедияку
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing