So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

01 apr 11:52
Yangiliklar

Tadbirlar, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

O'zbekiston MOQning 2022 yilgi faoliyatiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining majlislar zalida Qo'mitaning 2022 yilgi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov mavzu yuzasidan hisobot berib, Qo'mitaning yaqin rejalari xususida to'xtalib o'tdi.

Oybek Omilovich dastavval, o'tgan yili bo'lib o'tgan Pekin-2022 XXIV qishki Olimpiya o'yinlari, Vladivostok-2022 Osiyo bolalari o'yinlari, Konya-2021 Islom birdamligi o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasining ishtiroki, unda sportchilarimiz qayd etgan natija xususida gapirdi. 

SHundan so'ng, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda terma jamoalarning Osiyo va jahon chempionatlaridagi ishtirokini taminlash, Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzi va Olimpizmning ezgu g'oyalari targ'ibotini yanada kuchaytirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida malumot berdi.

Hisobotdan xalqaro federaciyalar bilan olib borilgan hamkorlik mavzusi ham joy oldi. O.Kasimov bu borada Saudiya Arabistoni hamda BAA Milliy Olimpiya qo'mitalari bilan hamkorlik memorandumi imzolangani, shuningdek, yil davomida Xalqaro tennis federaciyasi prezidenti Devid Xaggerti, Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Xalqaro suzish federaciyasi prezidenti Husayn Al Musallam, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Sport direktori Kit Makkonel kabi rasmiylar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishilgani haqida gapirdi.

Qayd etish joiz, 2022 yil O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi o'zining yubiley 30 yillik bayramini nishonladi. Ushbu tadbir doirasida poytaxtimiz ilk bor Osiyo Olimpiya Kengashi Ijroiya qo'mitasining 77-yig'ilishini yuqori saviyada tashkil etgani ham yodga olindi. SHuningdek, sport tibbiyoti, moliya, media yo'nalishlar bo'yicha ham atroflicha malumot berildi.

Anjuman davomida OAV xodimlari Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik, terma jamoalar uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 

Oybek Kasimov bularga javoban hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan barcha jarayon tizimli ravishda yo'lga qo'yilgani, O'zbekiston delegaciyasi Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida 39 sport turida 400 nafardan ortiq sportchi bilan ishtirok etishi kutilayotgani, “qita Olimpiadasi”da debyut qiladigan sport turlari xususida malumot berdi. 

Qolaversa, Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma va reyting ochkolari beradigan musobaqalarga ham alohida etibor qaratilishi, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik bo'yicha to'xtalib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing