So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

16 iyu 16:35
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Tennis, Dzyudo, Engil atletika, Eshkak eshish, Boshqalar, Tokio-2020

O'zbekiston Olimpiada o'yinlarida: 2000 yil

Rioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlari boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.


SHu munosabat bilan vatanimiz sportchilarining bugungi kungacha bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlaridagi ishtiroklari haqida qisqacha malumot berib o'tamiz.

Bundan bir necha kun oldin yurtdoshlarimizning 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasidagi ishtiroklari haqida malumotlar taqdim etgandik. Bugun Sidney-2000 o'yinlari haqida gaplashamiz.


2000 yilgi yozgi Olimpiada o'yinlari 15 sentyabr - 1 oktyabr kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida bo'lib o'tgan.

Ushbu musobaqada 70 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilgan. SHulardan, 52 nafari erkak, 18 nafari ayol sportchilarimiz 12 ta musobaqada o'z omadlarini sinab ko'rganlar.

Hamyurtlarimiz ishtirok etgan sport turlari:

Engil atletika
Boks
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Qilichbozlik
Badiiy gimnastika
Dzyudo
O'q otish
Suzish
Tennis
Trampolin
Og'ir atletika
Kurash

Olimpiada ochilishida bokschimiz Muhammadqodir Abdullaev O'zbekiston bayroqdori bo'lgan.



2000-yilgi Olimpiadada sportchilarimiz 4 ta medalni qo'lga kiritganlar.

Bular:

Muhammadqodir Abdullaev - oltin (boks)
Artur Taymazov - kumush (kurash)
Sergey Mixaylov - bronza (boks)
Rustam Saidov - bronza (boks)



Ushbu Olimpiadada shuningdek Go'zal Hubbieva, Oksana CHusovitina, O'tkirbek Haydarov, Ruslan CHagaev, Ekatirina Xilko, Kamol Murodov, Abdullo Tangriev, Iroda To'laganova  kabi sportchilarimiz ham ishtirok etganlar.

O'sha yili sportchilarimiz orasida eng yosh sportchi - suzuvchi Mariya Bugakova (15 yosh, 73 kun) bo'lgan.

Yoshi eng katta sportchimiz esa Maxarbek Xaradcev (34 yosh, 363 kun) bo'lgan. U erkin kurash musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilgandi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing