So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

18 apr 07:14
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

U23 Osiyo kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Malayziya (2:0) uchrashuvidan so'ng olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Abdurauf Bo'riev matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- O'yin haqida

- Barchaga xayrli kech. Halqimizni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi uchrashuvlar har doim qiyin kechadi. Bir nechta xatolar ko'zimga tashlandi va jismoniy holatimizni ham yaxshilashimiz kerak. Asosiysi g'alaba qozondik va hech kim jarohat olmadi. Bugungi uchrashuvda ko'proq gol urishimiz mumkin ham edi. Malayziya terma jamoasi ham yaxshi jamoa ekanligini isbotlay oldi. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

Abdurauf Bo'riev

- O'yin haqida

- Bugungi g'alabamizni halqimizga bag'ishlaymiz. Raqib juda yaxshi himoyalana oldi, ammo biz raqibni zaif nuqtalarini topa oldik va g'alaba qozondik. Maqsadimiz musobaqa g'olibi bo'lish. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni bugundan boshlaymiz.

- Terma jamoamizning qiyin uchrashuv o'tkazganini aytib o'tdingiz. Natija biz uchun yaxshi bo'ldi, ammo o'yin sifatidan o'zingiz qanchalik qoniqdingiz?

- Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Raqib jamoa zich himoyalangani sababli pozicion hujum qilishda biroz muammolarga duch keldi. Kamchiliklarni bilib oldim va ularni to'g'irlash ustida bosh qotiraman. Birinchi bahs bo'lgani sababli o'zimiz istagan o'yin namoyish eta olmadik.

- Bugungi uch ochko jamoangiz uchun qanchalik muhim edi?

- Har bir ochko suv va havodek zarur. Biz kerakli natijani qo'lga kiritdik va maqsadimizga erishdik.

- Musobaqa startidan avval ko'p muzokaralarga sabab bo'lgan legionerlarimiz musobaqada ishtirok etadigan bo'lishdi va yakuniy ro'yxatdan joy olishdi. Legionerlar ruyxatga kiritilgani sababli yakuniy tarkibdan tushib qolgan futbolchilarga ruhsat berib yuborildimi? Ular o'z klublariga jo'nab ketishdi yoki musobaqa yakuniga qadar terma jamoa bilan birga bo'lishadimi?

- Legioner futbolchilarimizga rahmat aytaman, ular o'z klublaridan javob so'rab kelishdi. Ular bilan suhbatlashganimda ular terma jamoaga yordam berishni istashayotganini aytishdi. Ularning ishtiyoqi alohida maqtovga sazovor. ro'yxatdan tushib qolgan futbolchilarga vaziyatni tushuntirishga harakat qildim. Bu sog'lom raqobat. Ular o'z klublarida yaxshi o'yin namoyish etishdi va Olimpiya terma jamoasidan chaqiruv olishdi, ammo yakuniy tarkibdan bor yo'g'i 23ta futbolchi joy olishi kerak edi. Futbolchilar yaqin orada o'z klublariga qaytishadi. Yakuniy ro'yxatdan joy olmagan futbolchilar tayyorgarlik jarayonida mehnat qilishdi va natija uchun katta hissa qo'shishdi.

- Bugungi uchrashuvning so'ngi daqiqalarida ko'p o'zgarishlarga qo'l urdingiz. Keyingi uchrashuvga futbolchilarni asradingizmi? Rotaciya qilish siz uchun qanchalik muhim?

- Har bir futbolchiga ishonch bildiramiz. Barcha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishga haqli. Rotaciya qilishda davom etaman. Har bir uchrashuv oldidan to'liq tiklanish juda muhim. Uchrashuvlar oralig'i juda zich bo'lgani sababli futbolchilarni tez-tez almashtirib turish kerak. Futbolchilarning holatini hisobga olgan holda asosiy tarkibni tanlaymiz

Abdurauf Bo'riev

- Guruh bosqichida ko'pgina jamoalar o'yin sifatiga urg'u bermay, asosan natija uchun harakat qilishadi. Biz uchun ko'proq natija muhimmi yoki sifatga ham etibor berish kerakmi?

- Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bizning maqsadimiz chempionlik. O'yindan o'yinga natijani va o'yin sifatini yaxshilab boramiz.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing