So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

27 okt 10:07
Yangiliklar

O'q otish

O'zbekiston o'q otish federaciyasi rahbariyatida o'zgarish

Teglar :  O'q otishMOQ
Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston o'q otish federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston o'q otish federaciyasi raisi Oybek Norinboev, O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti mutasaddilari, viloyat bo'limi vakillari va OAV ishtirok etishdi.

Konferenciyaning kun tartibidan federaciyaning 2021 yildagi faoliyatiga bag'ishlangan hisobotni ko'rib chiqish, viloyat bo'limlari ishini kuchaytirish va federaciya raisi o'rinbosarligiga yangi vakil saylash masalalari o'rin oldi.

Tadbirni olib borgan federaciya bosh kotibi Mardon Davronov birinchi va ikkinchi masalalar, jumladan, Tokio-2020 ciklida qilingan ishlar, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik, bunda viloyat bo'limlari bilan ishlashni kuchaytirish to'g'risida to'xtalib o'tdi.

SHundan so'ng, kun tartibining asosiy masalasiga navbat berildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o'rinbosari Hamdam Qarshiev nomzodi federaciya raisi o'rinbosari lavozimiga ko'rsatildi. Ishtirokchilar nomzodni bir ovozdan maqullashdi va Hamdam Aliqulovich O'zbekiston o'q otish federaciyasi raisi o'rinbosari etib saylandi.

O'z o'rnida, Hamdam Qarshiev so'z olib, bildirilgan ishonchni oqlash, sportimiz rivojiga hissa qo'shish uchun bor imkoniyatini ishga solishini aytib o'tdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston o'q otish federaciyasi rahbariyati tarkibi quyidagi ko'rinishga keldi:

Federaciya raisi: Norinboev Oybek Qobiljonovich

Federaciya raisining birinchi o'rinbosari: Qodirov Doniyor Baxtiyorovich

Federaciya raisining o'rinbosarlari: Qarshiev Hamdam Aliqulovich va Enaliev Ramiz Ravilevich

SHundan so'ng, Rustam SHoabdurahmonov va Oybek Norinboev so'z olib, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev boshchiligida davlatimizning sportni rivojlantirishga qaratayotgan etibori va qo'llab-quvvatlashi, oldinga qo'yilgan rejalar xususida to'xtalib, Hamdam Qarshievga yangi lavozimida omad va zafarlar tilab o'tishdi.

SHu tariqa, O'zbekiston o'q otish federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing