So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

18 iyu 07:04
Yangiliklar

O'q otish

O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasiga yangi rais saylandi

Milliy olimpiya qo'mitasi majlislar zalida O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasining navbatdan tashqari IX Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Konferenciya ishida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidenti Azizjon Kamilov, O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi mutasaddilari, federaciyaning mintaqaviy bo'limi rahbarlari, murabbiylar, sportchilar va Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Konferenciya kun tartibidagi asosiy masala federaciyaga yangi rais va uning birinchi o'rinbosarini saylashdan iborat edi. Konferenciyani olib borgan tashkilot Bosh kotibi J. Atabullaev federaciya raisligiga O'zbekiston Respublikasi Innovacion rivojlanish vaziri o'rinbosari Oybek Kabiljanovich Norinboev nomzodini taklif qildi. Konferenciya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo'llab quvvatlashdi va Oybek Norinboev O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi raisi etib saylandi. 

Raisning birinchi o'rinbosari lavozimiga esa O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport obektlarida xavfsizlikni taminlash bo'yicha o'rinbosari Doniyor Baxtiyorovich Kadirov nomzodi ilgari surildi. Delegatlar bu nomzodga ham ishonch bildirishdi va Doniyor Kadirov bir ovozdan O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari etib saylandi. 

SHundan so'ng, MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov so'z olib, federaciyaning yangi saylangan rahbarlarini Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan tabrikladi.

“Mamlakatimizda shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sport sohasiga alohida etibor qaratilmoqda. Yangidan-yangi sport majmualari, o'quv-mashg'ulot bazalari bunyod etilmoqda. Birgina o'q otish sportini oladigan bo'lsak Toshkent viloyatida, yana ham aniqroq aytadigan bo'lsak O'rtasaroyda har tomonlama zamonaviy talablarga javob beradigan o'q otish majmuasi va o'quv-mashg'ulotlar bazasi bunyod etilmoqda. Mazkur majmua foydalanishga topshirilgach, bu erda nafaqat mahalliy, balki xorijiy o'quv-mashg'ulot yiginlari va xalqaro turnirlar o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi. Bularning barchasi biz – sport ahli uchun. Eng muhimi davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan ana shu imkoniyatlardan unumli foydalana olsak bo'lgani. Fursatdan foydalanib, federaciyaga yangi saylangan rahbarlarga masuliyatli lavozimda omad va muvaffaqiyatlar tilayman” – dedi MOQ prezidenti o'z nutqida.

Federaciyaning yangi rahbari Oybek Norinboev ishonch uchun minnatdorchilik bildirar ekan, jumladan shunday dedi:

“Oldimizda nihoyatda masuliyatli vazifa turibdi. Barchamiz birgalikda harakat qilsak ko'zlagan maqsadimizga etishimizga ishonchim komil. Biz hamjihatlikda ushbu sport turini yangi bosqichga olib chiqishimiz kerak. O'shandagina Olimpiya va Osiyo o'yinlari, jahon va qita chempionatlarida g'alabalar o'z o'zidan keladi. Menga bildirilgan yuksak ishonch uchun Prezidentimizga, Milliy olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatimni ishga solishga vada beraman”-deya o'z so'zini yakunladi O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasining yangi saylangan raisi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing