So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

01 dek 13:15
Yangiliklar

Qilichbozlik

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi o'tkazildi

Teglar :  Qilichbozlik
27 noyabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining majlislar zalida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Majlisda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Kasimov Oybek Omilovich, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining birinchi rais o'rinbosari Djuraev Iskandar Tuxtamurodovich, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi SHaabduraxmanov Rustam Mavzurovich, federaciya Bosh kotibi Ibragimov Xumoyun Dilmurodovich shuningdek Milliy Olimpiya qo'mitasining mutassadi vakillari, Qilichbozlik federaciyasining viloyat bo'limlari raxbar xodimlari, trenerlari hamda federaciyaning hodimlari ishtirok etdilar.   

Ushbu konferenciyada federaciyani rivojlantirishga taluqli qator masalalar ko'rib chiqildi.

Federaciyaning viloyat bo'limlariga borib tekshiruvlar o'tkazilgani, hozirgi kunda ularni kerakli miqdorda sport inventar jixozlari bilan taminlangani shu bilan birga federaciyaning viloyat bo'limlarini rivojlantirish bo'yicha takliflar to'g'risida majlis ishtirokchilariga malumotlar berib o'tildi.

Federaciya ustavinining yangi taxririni tasdiqlash, federaciyaga yangi rais o'rinbosari tayinlash, federaciyaning Ijro qo'mita azolari tarkibini saylash, 2018 yilda o'tkaziladigan Osiyo va Olimpiya o'yinlariga sportchilarni tayyorlash,  federaciyaning yangi strukturasini tasdiqlash, federaciyaning viloyat bo'limlarini rivojlantirish va boshqa masalalar shular jumlasidan.

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining rais o'rinbosari etib, 1974 yil Toshkent shahrida tug'ilgan federaciyaning Toshkent shahri Bosh kotibi lavozimida ishlagan  Mirjalilov Mirafzal Amonovich tayinlandi.

Federaciyada yangi bo'limlar tashkil etildi. Federaciya ustavining yangi taxririni majlis ishtirokchilari tasdiqlab, hozirgi kunda O'zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanishi uchun tayyorlanmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing