So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

29 jan 17:19
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi rahbariyati bilan yangi rejalar muhokama qilindi

Kuni kecha MOQda O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasida tashkilotning yangi rahbariyati saylangani haqida xabar bergan edik.

Acsociaciya masullari soha mutasaddilari bilan uchrashib, kelajakdagi istiqbolli rejalarni muhokama qilib olishdi. “Amirsoy” tog' chang'i kompleksida bo'lib o'tgan uchrashuvda Iskander SHadiev boshchiligidagi O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi rahbariyati, O'zbekiston chang'i sport turlari federaciyasi va “Amirsoy” tog' chang'i kompleksi mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida Respublikamizda chang'i sport turlari, xususan, tog' chang'isi turlarini rivojlantirish, bu boradagi muammolarni chuqur o'rganish, mavjud trassalar holati, jumladan, tog' chang'isining barcha yo'nalishlari bo'yicha trassalar barpo etish, bu borada “Amirsoy” kompleksi bilan hamkorlikda ishlash kabi masalalar ko'rib chiqildi. 

O'z navbatida, federaciya mutasaddilari terma jamoada tajribali murabbiylarning etishmasligi, mashg'ulotlar jarayonidagi kamchiliklar, zamonaviy sport inventarlari etarli darajada emasligi, ushbu sportga qadam qo'yayotgan yoshlarga zarur motivaciya berilmayotgani kabi sohadagi muammolarni o'rtaga tashlashdi.

SHuningdek, uchrashuv mobaynida terma jamoamiz vakillarining Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish imkoniyati, mavjud infratuzilma orqali qishki sport turlarini rivojlantirish va buning natijasida mamlakatimiz turizm salohiyatining imkoniyatlarini ochib berish kabi mavzular bo'yicha fikr va takliflar muhokama qilindi. 

Yig'ilish yakunida kuchli terma jamoani shakllantirish uchun hozirdan bolalar sportiga etibor qaratish, buning uchun chang'i sporti bo'yicha bolalar maktabini ochish, “Amirsoy” kompleksida terma jamoa sportchilarining shug'ullanishi uchun qulay sharoitlarni yaratib berish, mart oyida “Navro'z” bayrami munosabati bilan selekcion xarakterga ega Respublika musobaqalarini tashkil qilish bo'yicha ishlar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing