So’nggi yangiliklar

17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0

01 jan 09:28
Yangiliklar

Regbi

O'zbekiston regbi federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi

Teglar :  RegbiSodiq Safoev
O'zbekiston regbi federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi va 2022 yil yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston regbi federaciyasi raisi Sodiq Safoev ochar ekan, 2022 yilda mamlakatimizda regbini rivojlantirish va ommalashtirish borasidagi ishlarni sarhisob qildi. 

S.Safoev federaciya oldida turgan asosiy vazifalarni belgilab, mutasaddilarga federaciyaning 2023 yilga mo'ljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, xususan, regbi bazasi qurilishi, milliy terma jamoalarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taminlash bo'yicha vazifalarni belgilab berdi. SHuningdek, regbiga yoshlarni, talabalarni, maktab o'quvchilarini va aholining boshqa qatlamlarini yanada keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda onlayn ishtirok etgan Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov va Jamoaviy sport turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov harbiy xizmatchilar o'rtasidagi jahon chempionatida hamyurtlarimizning ishtiroki, Toshkent viloyati mezbonlik qilgan U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida terma jamoamizning erishgan yutuqlarini alohida takidladilar.

Konferenciya davomida so'zga chiqqan federaciya Bosh kotibi Qahramon Jalilov 2022 yil uchun o'tkazilgan yig'inlar va terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki bo'yicha yillik hisobotini taqdim etdi. SHundan so'ng kun tartibiga muvofiq federaciya Ijroiya qo'mitasi va Taftish komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlandi.

Federaciya raisi hisobot-saylov konferenciyasi yakunlarini sarhisob qilar ekan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan 2023 yil mamlakatimizda sportni rivojlantirish bo'yicha ulkan maqsad va vazifalar belgilab berilganini takidladi. Federaciya xodimlaridan masul tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni bajarish uchun bor kuch-g'ayratini ishga solishlari so'radi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing