So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

22 iyu 12:26
Yangiliklar

Suv sporti turlari

O'zbekiston rekordi Tarasenko uchun yarim finalga chiqishga kamlik qildi

Teglar :  Suv sporti
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Hamyurtimiz Aleksey Tarasenko 100 metrga erkin usulda suzish bo'yicha saralash bosqichida qatnashdi. Vakilimiz masofani 49.35 soniyada suzib o'tib, ushbu dasturda O'zbekiston rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi. 

Mazkur yo'nalishda yarim finalga eng past natija bilan yo'l olgan sportchi 48.51 soniyada marraga keldi. Alekseyning vaqti esa yakunda o'ttiz birinchi natija sifatida qayd etildi. 

SHu tariqa Tarasenko Budapesht shahrida o'tkazilayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Malumot uchun, bundan oldingi mamlakat rekordi Xurshid Tursunovga tegishli bo'lib, yangisidan 0.10 soniyaga pastroq bo'lgan.

SHuningdek, sinxron suzish bo'yicha terma jamoamiz azolari Diana Onkes va Ziyodaxon Toshxo'jaeva juftligi (Anna Vashenko zaxira sportchi) saralash bahslarida ishtirok etdi. Erkin duet dasturida qatnashgan vakillarimizning chiqishi hakamlar tomonidan 81.3333 ball bilan baholandi. 

Afsuski, ushbu natija terma jamoamiz azolariga final yo'llanmasi uchun etmadi. Umumiy hisobda o'n to'rtinchi pog'onani qayd etgan vakilalarimiz qitamiz miqyosida faqatgina xitoyliklardan kam ochko jamg'arishdi. Final bosqichiga esa 12 jamoa yo'llanma oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing