So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

04 jan 10:37
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Kurash, Gimnastika, Tennis, Qilichbozlik, Velosport, O'q otish, Dzyudo, Engil atletika, Og'ir atletika, Taekvondo, Eshkak eshish, Boshqalar, Tadbirlar, SHaxmat, Futbol, Voleybol, Gandbol, Karate, Kikboksing, Muaytay, Ot Sporti, Regbi, Stol tennisi, Formula-1, Tokio-2020, Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti dopingga oid Qaror imzoladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Qarorni imzoladi.

Mazkur hujjat sog'lom va xaqqoniy sportni targ'ibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini O'zbekistonda samarali amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasi sportchilarining 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarligiga barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgandir.

SHu o'rinda, Sportda dopingga qarshi kurash bo'yicha xalqaro konvenciyani barcha azo davlatlar katorida O'zbekiston Respublikasi 2010 yilda ratifikaciya etganini alohida takidlash joiz.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikamizda joriy etish va qo'llash masuliyati yuklatilgan.  Mazkur dastur orqali Agentlikni faoliyatini samarali tashkil etish va butunjahon tezkor malumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda musobaqa va musobaqalardan tashqari bo'lgan davr mobaynida doping-test jarayonlaridan O'zbekiston sportchilari o'tishi to'g'risida aniq axborot shakllanadi va doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Ayniqsa, O'zbekiston sportchilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi to'g'risida aniq tavsiyalar berish  mexanizmi va samarali antidoping tizimi joriy etiladi. 


Qaror bilan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo'mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Milliy antidoping xizmati” negizida “Sport psixologiyasi bo'limi”ni tashkil etish ko'zda tutilgan. SHuningdek, Agentlik tarkibida 3 ta bo'lim va 2 ta komissiya tashkil etilishi natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa mutaxassislarga sog'lom va xaqqoniy sportni targ'iboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini taminlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Bu borada Agentlikka doping orqali sportchilarga etkaziladigan zarar, inson sog'lig'i uchun doping qabul qilishning salbiy oqibatlari to'g'risida sport jamoatchiligini xabardor etish, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, halqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga alohida etibor qaratish zarurligi belgilangan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing