So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

24 may 13:52
Yangiliklar

Eshkak eshish

O'zbekiston "Rowing and Canoe" federaciyasiga yangi rahbar saylandi

O'zbek sportida islohotlar davom etadi.

Ana shu maqsadda bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston "Rowing and Canoe" federaciyasining navbatdan tashqari konferenciyasi tashkil etildi.
Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati, Bosh "Rowing and Canoe" federaciyasi mutasaddilari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. Yig'ilish avvalida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov konferenciyaning kun tartibi bilan tanishtirdi.

Malumki, eshkak eshish sport turlari Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasiga ko'plab medallar taqdim etuvchi yo'nalishlardan biri hisoblanadi. SHu sababdan ham, oldinda turgan Osiyo o'yinlarida ham mazkur federaciya sportchilaridan tabiiyki ko'plab medallar kutib qolinadi. Buning uchun albatta sharoitlarni yaxshilash, yangicha yo'nalishda ish olib borish va o'ziga hos yangiliklarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

SHu sababdan ham mamlakatimizda eshkak eshish sport turlari rivojiga qo'shayotgan hissasi, ko'p yillik mehnati inobatga olinib, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan federaciya rahbarligiga Xudoyor Mamajonovich Ahmedovning nomzodi taklif etildi. Delegatlar bir ovozdan ushbu nomzodni qo'llab-quvvatladilar. SHu tariqa Xudoyor Ahmedov O'zbekiston "Rowing and Canoe" federaciyasining prezidenti etib saylandi.


Tashkilot bosh kotibligiga esa Vyacheslav Sergeevich Didrix nomzodi taklif qilindi. Yig'ilganlarning aksariyat qismi mazkur nomzodni ushbu lavozimga sayladilar. Bundan buyon V.Didrix "Rowing and Canoe" federaciyasi bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo'ldi.


Konferenciya qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi. Unda federaciya vakillari yuzaga kelgan muammolar, tayyorgarlik jarayoni uchun sharoitlar haqida fikr bildirishdi.

Yangi rahbar Xudoyor Ahmedov o'ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatini ishga solishini takidlab o'tdi.

"Zimmamga qanday masuliyat yuklanayotganini his qilib turibman. Kelajak uchun rejalarimiz katta. Oldimizga Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan katta vazifalar qo'yildi. Bizni oldinda Osiyo o'yinlari, o'smirlar Olimpiya o'yinlari kutib turibdi. SHuningdek, Tokio Olimpiadasiga ham munosib tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. O'zimga bildirilayotgan ishonchni oqlayman. Hamjihatlikda ish olib boramiz", - dedi federaciyaning yangi rahbari.

Yig'ilishda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov Akademik hamda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha terma jamoalarimizga Osiyo o'yinlarida katta umid bildirilayotgani,  Jakartadagi qitaning eng nufuzli musobaqasida natijalarni yanada yaxshilash ustida ish olib borish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlash tizimini to'g'ri yo'lga qo'yib olish kerakligini qayd etib o'tdi. Yangi rahbariyat oldiga malum vazifalar belgilab berildi. SHaroitlar geografik jihatdan puhta  o'rganilib, ishni samarali tashkil qilish lozimligi aytildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing