So’nggi yangiliklar

17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0

12 jan 08:20
Yangiliklar

Suv sporti turlari

O'zbekiston safiga o'tgan Evropa chempioni Ilya Sibircev: "AQSHdagi jamoam mamlakatdagi eng kuchli 10 ta jamoadan biri"

Teglar :  Ilya Sibircev
Xabar berganimizdek, 2-18 fevral kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionati bahslari o'tkaziladi.

O'zbekiston suzish terma jamoasi musobaqadan oldin asli rossiyalik Ilya Sibircevni o'z tarkibiga qo'shib oldi. AQSHdagi Luisvil universiteti talabasi hisoblanadi. U aynan shu universitetda shug'ullanadi va musobaqalarda ishtirok etadi.

2023 yilgi AQSH chempionatida ikkita bronza medalini qo'lga kiritgan Ilya O'zbekiston safidagi ilk Jahon chempionati oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- Jahon chempionatiga qanday reja asosida tayyorgarlik ko'ryapsiz?

Ayni paytda men AQSHda taxsil olaman va musobaqalarga Universitet jamoasi bosh murabbiyi Artur Albiero boshchiligida tayyorgarlik ko'raman. Bizning jamoa Amerikaning 10 ta kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Tabiiyki, tayyorgarlik mashg'ulotlari yuqori saviyada olib boriladi. Bizning jamoamizda Doha shahrida o'tkaziladigan jahon chempionatiga hozirlik ko'rayotgan boshqa yurt sportchilari ham bor. 

- Mashg'ulotlar qaerda va qanday sharoitda olib boriladi?

Bizning Universitetda 50 metrlik basseyn mavjud. Biz shu erda shug'ullanamiz. Aksariyat musobaqalar 25 metrlik basseynlarda o'tkazilgani bois, mashg'ulotlar asosan basseynning yarim qismida o'tkaziladi. Bizning jamoa 50 nafar suzuvchi va yana 10 nafar suvga sakrash ustalaridan iborat. Sportchilar o'zlari ishtirok etadigan yo'nalishlarga ko'ra, guruhlarga ajratilgan. Bundan tashqari jamoamizda shifokorlar, dietologlar, psixologlar faoliyat ko'rsatishadi. 

- Mashg'ulotlar kimning boshchiligida olib boriladi?

Jamoamiz 20 yildan ziyod vaqt davomida bosh murabbiy Artur Albiero boshchiligida mashg'ulotlar o'tkazib keladi. Ushbu mutaxassis AQSHning mashxur va katta tajribaga ega murabbiylardan hisoblanadi. Uning qo'l ostida dunyoning ko'plab nomdor sportchilari shug'ullanib kelishgan. Artur Albieroga mashg'ulotlarda bir qator yordamchi murabbiylar ko'maklashadilar. Ular sportchilarning yo'nalishlariga qarab mashg'ulotlarni o'tkazishadi. SHaxsan men tajribali mutaxassis Rid Fujan qo'l ostida shug'ullanaman. Dohada o'tadigan jahon chempionatiga yuqorida nomlari zikr etilgan ikki mutaxassis boshchiligida tayyorgarlik ko'ryapman.

 - Siz Amerikada tashkil etiladigan qator musobaqalarda ishtirok etasiz. Mazkur musobaqalardagi raqobat muxiti haqida ham so'zlab bering. 

 Mavsum davomida Universitet jamoalari o'rtasida ko'plab musobaqalar tashkil etiladi. Bu musobaqalar kun davomida o'tkaziladi va uch soat ichida ikki yoki uch xil masofaga suzishga to'g'ri keladi. Bundan tashqari aksariyat sportchilar estafeta bahslarida ham startga chiqishadi. Musobaqalar bir necha hafta davomida juma yoki shanba kunlari o'tkaziladi. O'ylashimcha, bunday startlardan keyin raqobat muxiti ham o'sib boraveradi. AQSHning barcha Universitetlarida basseynlar mavjud va har bir musobaqa o'ta kuchli raqobat ostida kechadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing