So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

17 dek 08:06
Yangiliklar

Sambo

O'zbekiston sambo associaciyasi rahbariyati O'zJOKUda o'tkazilgan tadbirda ishtirok etdi

Teglar :  Sambo
16 dekabr kuni O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikaciyalar universitetida tadbir tashkil etildi.

Unda universitet rektori SHerzod Qudratxo'ja, O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov, terma jamoamiz murabbiylari Roman SHakirov va Ekaterina Bliznecova, Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati mutaxassisi Otabek Eshmamatov va universitetning sport jurnalistikasi fakultetida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.

O'zbekiston sambo associaciyasi raisi talabalar bilan uchrashuvda sambo bo'yicha Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionati haqida gapirib berdi.

"So'nggi yillarda O'zbekistonda ijobiy o'zgarishlar bo'layotgani sir emas. Uch yil oldin men ham jamoamiz bilan birgalikda associaciyada ish boshladik. Qayd etish lozimki, oxirgi nufuzli musobaqalarda terma jamoamiz natijalari yaxshilandi. So'nggi jahon chempionatida dunyo miqyosida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Agar shu yo'nalishda ishlashda davom etsak, birinchi o'ringa ham chiqamiz. 

Buning zamirida mamlakatimiz rahbariyatining sportga, hususan samboga qaratilayotgan etibor ham turibdi. Bu shunchaki quruq gap emas. Haqiqatdan ham hozirda samboga etibor oshgan. Buni sportchilarimiz ham his qilib turishibdi va ushbu etiborga yarasha, yaxshi natijalar bilan javob qaytarishmoqda.

Sportchining yutug'ida nafaqat uning o'zi, balki butun boshli jamoa, hususan OAV xodimlarining ham o'z o'rni bor. Qilinayotgan ishlar, erishilayotgan natijalarni xalqqa etkazish uchun ham sizlar keraksiz. Bu jarayonlarda sizning o'rningiz juda katta", - dedi Alisher Alimov.

SHuningdek, tadbirda universitet rektori SHerzod Qudratxo'ja talabalar uchun motivacion maruza o'tdi. 

Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirokchilarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing