So’nggi yangiliklar

11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0 10:21Бивол рақибидан бироз оғир чиқди 0 10:00Бугун финал! «Реал Мадрид» — «Боруссия» 0 09:39Қудратилло Абдуқаҳҳоров иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 09:17Йўғе?! Чжан Чжилей Уайлдердан 30 кг оғир чиқди! 0 08:45Ролан Гаррос. Карлос Алькарас учинчи даврада ғалабага эришди 0 08:23Майк Тайсон ва Жейк Пол ўртасидаги жанг бошқа муддатга қолдирилди 0 07:59Аббосбек Файзуллаев қайси чемпионатда ўйнаш истаги борлигини маълум қилди 0 07:32Яна битта ғалаба Навбаҳор Ҳамидовадага Олимпиада йўлланмасини тақдим этади 0 20:30Бивол: "Менда Саудия Арабистони билан шартнома бор. Шу ерда жанг қиламан" 0 20:09Япония терма жамоаси юлдузи АПЛга ўтмоқда 0 19:48Пауло Коста рақиби Шон Стрикленд ҳақида яхши фикрлар билдирди 0 19:27Шон Стрикленд Ислам Махачев борасида америкаликларга маслаҳат берди 0 19:06Тим Цзюнинг Ортисга қарши жанги бекор бўлди 0

21 fev 22:10
Yangiliklar

Sambo

O'zbekiston sambo associaciyasida bir necha viloyat bo'limlari tashkil etildi

Teglar :  Sambo
O'zbekiston sambo associaciyasi yurtimiz bo'ylab o'z geografiyasini kengaytirmoqda.

Kecha Toshkent shahrida tashkilot yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov olib bordi. Unda bir qator tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.

Jumladan, Toshkent viloyatida ham endilikda O'zbekiston sambo associaciyasining bo'limi ish boshladi. Yig'ilish davomida bo'limga Komiljon Adilov rahbar etib saylandi. Malumot o'rnida, Komiljon Toshpo'latovich Adilov 1986 yili Toshkent viloyatida tug'ilgan. Bugungi kunda Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida faoliyat olib bormoqda. 

Bundan tashqari, o'tkazilgan yig'ilish davomida Jizzax viloyati bo'limi ham tashkil etilgani elon qilindi. Unga Umarov Baxtiyorjon Mahmudovich rahbar etib saylandi. Malumot uchun, B.Umarov 1984 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. Bugungi kunda Milliy gvardiya qo'mondonligi, Jizzax viloyatidagi harbiy qismlaridan birida komandir sifatida faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, Jizzax viloyati bosh murabbiyi etib Hasan Boboev faoliyat olib boradigan bo'ldi. Viloyat ayollar terma jamoasiga Oyjamol To'ymetova, o'smirlar jamoasiga esa Muhammad Umrqulov bosh murabbiy etib saylandi.  

SHuningdek, faoliyatida kamchiliklar ko'zga tashlangani uchun Temir Umirov sambo associaciyasi raisi o'rinbosari lavozimini tark etdi. Uning o'rniga Azamat Gulyamov bir ovozdan O'zbekiston sambo associaciyasi raisi o'rinbosari etib saylandi.

Yig'ilishda mutasaddilarga o'z hududlarida samboni yanada rivojlantirish, ishni tashkil etish bo'yicha maqsad va vazifalar belgilab berildi. (https://t.me/uzbekistan_sambo/1972) 

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing