So’nggi yangiliklar

16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0

20 okt 19:16
Yangiliklar

Paralimpiya

O'zbekiston sport delegaciyasi Paraosiyo o'yinlariga yo'l oldi (FOTO)

Teglar :  Paraosiyo o'yinlari
O'zbekiston delegaciyasi joriy yilning 22 – 28 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan IV yozgi Para Osiyo o'yinlariga katta tayyorgarlik ko'rdi.

Musobaqa reja bo'yicha 2022 yilning oktyabr oyida o'tkazilishi lozim edi. Biroq Xitoyda koronavirus infekciyasining navbatdagi to'lqini avj olgach, o'yinlarning bekor bo'lish xavfi yuzaga keldi. Lekin 2022 yil 17 avgust kuni Osiyo Paralimpiya kengashi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida kompleks musobaqa 2023 yilda bo'lib o'tishi rasman malum qilindi.  

Xanchjou-2022 yozgi Para Osiyo o'yinlarida  delegaciyamiz o'z tarixidagi ilk bora  katta tarkib – 11 sport turida 108 nafar para atlet bilan ishtirok etadi. Bo'lajak Para Osiyo o'yinlari oldidan har bir terma jamoaning tayyorgarligi O'zbekiston hukumati tomonidan to'la-to'kis qo'llab-quvvatlandi, mahalliy va xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etildi, para atletlar kerakli tibbiyot vositalari va vitaminlar bilan taminlanishdi. 

Aytib o'tish joiz  “qita Paralimpiadasi”da vakillarimiz para shaxmat, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para velosport, para taekvondo va para stol tennisi dasturlarida debyut qilishadi.  

Xanchjoudagi Para Osiyo o'yinlari bir qator sport turlarida Parij-2024 Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmalar o'ynalishi bilan ahamiyatli. Musobaqa davomida para o'q otish, para stol tennisi, para engil atletika, para dzyudo, para taekvondo, para pauerlifting, para velosport, para kanoe, para akademiya, para suzish dasturlarida para atletlar medallar qatori Paralimpiya o'yinlari licenziyalari hamda reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi.  

O'zbekiston delegaciyasining Para Osiyo o'yinlari tarixida eng yaxshi natijasi 2018 yil Jakarta-Palembang (Indoneziya)da o'tgan o'yinlarga to'g'ri kelib, mamlakatimiz umumjamoa hisobida oltinchi o'rinni egallagan. Medallar jamg'arish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichimiz ham 5 yil avval Indoneziyada o'tgan III yozgi Para Osiyo o'yinlariga to'g'ri keladi. Unda delegaciyamiz 33 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza, jami 75 ta medal jamg'argan.

Malumot o'rnida para osiyo o'yinlarining ochilishi marosimi 22 oktyabr kuni o'tkaziladi. Delegaciya azolari bugun Xanchjouga yo'l oldi.

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing