So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

31 iyu 18:22
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov 75 yoshda!

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi majlislar zalida 75 yoshni qarshilagan sport jonkuyari, O'zbekiston faxriylar kengashi raisi Bahodir Maxsitovni tabriklash uchun sport fidoyilari, faxriylar, vazirlik va federaciya masullari, ommaviy axborot vositalari xodimlari to'plandilar.

Bahodir Maxsitovich Maxsitov 1948 yil 30 iyul kuni Toshkent viloyatida tug'ilgan. 1976 yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Bahodir Maxsitovich faoliyati davomida dastlab sud-huquq tizimida, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o'rinbosari va boshqa bir necha lavozimlarda samarali mehnat qilgan.  

1994-1995 yillarda Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimi, 1995-2002 yillar O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi bo'lgan. 2002-2003 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ishladi.

2020 yil dekabrdan O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi lavozimida yurtimiz sporti rivoji uchun xizmat qilmoqda. U kishining uzoq yillik mehnati davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni, “Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing