So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

03 avg 07:38
Yangiliklar

Stol tennisi

O'zbekiston stol tennisi federaciyasining rahbariyatida o'zgarish

Davlat soliq qo'mitasida O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi SHerzod Kudbiev rahbarligida federaciyaning navbatdan tashqari saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mutaxassislar, murabbiylar, sportchilar, hakamlar, shuningdek, Davlat soliq qo'mitasi markaziy apparati va hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlari (videokonfrencaloqa platformasi orqali) ishtirok etdi.

Kun tartibida federaciya ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, jumladan, federaciya bosh kotibi, ijrochi direktori, rais o'rinbosarlari va hududiy bo'linmalar rahbarlarini saylash, shuningdek, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ham ko'rib chiqildi.

Qayd etish joiz, stol tennisi mamlakatimizda eng ommaviy sport turlaridan biri bo'lib, yoshlarimiz bo'sh vaqtlarini mazkur sport bilan o'tkazishni yaxshi ko'rishadi. Buni tadbirda so'zga chiqqan rasmiylar ham alohida takidlashdi. 

SHuningdek, ular bu kabi sport turlari mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi targ'ibotida muhim o'rin tutishi, bundan keyin uni yoshlar orasida yanada ommalashtirish zarurligini qo'shimcha qilishdi.

Konferenciyada federaciya bosh kotibi lavozimiga SHerzod Pardaev, ijrochi direktor lavozimiga esa Oybek Muzaffarovning nomzodlari ko'rsatildi va ushbu mutaxassislar konferenciya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan yangi lavozimga saylanishdi.

Tadbir davomida sohani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, kechiktirib bo'lmaydigan vazifalar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing