So’nggi yangiliklar

12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0

22 okt 16:40
Yangiliklar

Regbi, Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

O'zbekiston suzish federaciyasining hisoboti va strategiyasiga tanqidiy baho berildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov ishtirokida O'zbekiston suzish va regbi federaciyalarining Tokio-2020 ciklidagi faoliyati yuzasidan hisoboti, shuningdek, 2022 yil Xanchjouda bo'lib o'tadigan XIX yozgi Osiyo o'yinlari, 2024 yil Parij shahrida o'tkaziladigan XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari uchun tayyorgarlik rejalari va taqdimotlari muhokama qilindi.

Yig'ilishda Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati ham ishtirok etdi. Unda dastlab, suzish federaciyasining hisoboti tinglandi. Hisobotga ko'ra, Tokio-2020 cikli davomida cuzish federaciyasiga 25 mlrd. so'mdan ko'proq mablag'lar ajratilgani va bu davrda 66 ta mahalliy va 26 ta xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etilgani malum qilindi.

Yig'ilish davomida suzish sport turining 4 ta (suzish, suvga sakrash, sinxron suzish va suv polosi) yo'nalishi bo'yicha o'zbekistonlik sportchilarning Tokio-2020 o'yinlariga faqatgina suzish yo'nalishi bo'yicha 2 ta licenziya qo'lga kiritilgani va Olimpiya o'yinlari davomida medal qo'lga kiritilmagani tanqid qilindi.

Yakunda oldindagi 3 yillikda amalga oshirilishi zarur bo'lgan rejalar muhokama qilindi. Suzishning har bir yo'nalishida xorijdan tajribali murabbiy va maslahatchilar taklif etish va bu sport turini respublikamizning chekka hududlarida ham rivojlantirish bo'yicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo'yicha topshiriqlar berildi.

SHundan so'ng, O'zbekiston regbi federaciyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va federaciyaning 2024 yilga qadar 3 yillik ish rejasi bo'yicha taqdimotining muhokamsi bo'lib o'tdi.

Bunda asosiy etibor Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish, shu davrga qadar yo'l qo'yilgan kamchiliklardan xulosa chiqargan holda kelgusi faoliyat bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqish taklifi berildi.

Yig'ilish yakunida O'zbekiston terma jamoalari sportchilarini kelgusidagi nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan, Xanchjou va Parij o'yinlariga puxta tayyorlash hamda ularda munosib ishtirok etishlarini taminlash yo'nalishida Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, sport federaciya va associaciyalar, boshqa mutasaddi vazirlik va tashkilotlar oldidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

SHuningdek, mutasaddilar oldiga Parij-2024 o'yinlarida licenzion va reyting musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, yo'llanma va medallar sonini Tokio-2020 o'yinlariga nisbatan yanada ko'paytirish vazifalari qo'yildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing