So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

01 okt 11:25
Yangiliklar

Taekvondo, Osiyo o'yinlari

O'zbekiston taekvondo terma jamoasi Osiyo o'yinlarini 6 ta medal bilan yakunladi. Turli yillardagi Osiyo o'yinlarida natijalarimiz qanday bo'lgan?

Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilgan XIX Osiyo o'yinlarining taekvondo bahslari o'z nihoyasiga etdi...

O'zbekiston taekvondo terma jamoasi turnirda jami 6 ta medal ko'lga qiritdi. Bulardan bittasi oltin, bittasi kumush va 4 tasi bronza medallaridir. 



O'zbekiston mustaqil ravishda 1994 yildan beri Osiyo o'yinlarida ishtirok etib keladi. Xirosimada bo'lib o'tgan musobaqada o'zbekistonlik taekvondochilar bitta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 12-o'rinni egallagan.

1998 yil Bangkok shahridagi bahslarda vakillarimiz medallardan quruq qolgandi. 

2002 yil Janubiy Koreyaning Busan shahrida o'tkazilgan o'yinlarda Xirosimada bo'lgani kabi bitta bronza medali bilan 13-o'rinni band etilgan. 

2006 yil Qatar poytaxti Doha mezbonlik qilgan musobaqadata natijamiz bir muncha yaxshilanib, bitta kumush medalga sazovor bo'lib, 10-pog'onadan o'rin olganmiz. 

2010 yil Pekinda bo'lgan turnirda O'zbekiston 3 ta (bitta kumush, 2 ta bronza) medalga ega chiqib, 8-o'rinni o'ziniki qilgan.  

2014 yil Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tgan kompleks musobaqada 4 ta (bitta oltin, 3 ta kumush) medalga erishib, 6-o'rindan joy olgandik.  

2018 yil Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan o'yinlarda taekvondochilarimiz tarixdagi eng yaxshi tanijani qayd etishgan. O'shanda sportchilarimiz 6 ta (1 ta oltin, 3 kumush, 2 ta bronza) medal bilan 4-o'rinni egallagan.




Takidlaganimizdek, Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida taekvondochilarimiz 6 ta medalga ega chiqib, umumjamoa reytingida 4-pog'onani egalladi. Reytingning 1-pog'onasini mezbon Xitoy ( 5 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza), 2-o'rnini taekvondo vatani sanalmish Janubiy (3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza), kuchli uchlikka esa Tailand (2 ta oltin, 2 ta bronza) yakun yasadi. 

Turnirda medal qo'lga kiritgan taekvondochilarimiz ro'yxati: 

Oltin: 

-68 kg: Ulug'bek Rashitov

Kumush: 

-67 kg: Feruza Sodiqova 

Bronza: 

-49 kg: Madinabonu Mannopova

-53 kg: CHaros Qayumova 

+67 kg: Svetlana Osipova

mikst terma jamoamiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing