So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

24 jan 13:10
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston terma jamoalari markazi ilk bor o'quv-mashg'ulot yig'inini qabul qildi

Teglar :  Futbol
Bilasiz, FIFA bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida O'zbekiston terma jamoalari markazi tashkil etilmoqda.

Ayni kunga qadar markazning asosiy maydoni foydalanishga topshirilgan bo'lib, unda bir qancha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari va turli yosh toifasidagi terma jamoalarning mashg'ulotlari o'tkazib kelinmoqda.

Bugunga kelib markazdagi foydalanishga shay bo'lgan obektlar soni kengaydi. Xususan, 4 ta maydon, 2 ta jamoa yashashi uchun sharoit va restoran zamonaviy standartlar asosida tayyor holatga keltirildi. Asker Xalmuratov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 jamoasi Markazda yig'in boshladi. SHu munosabat bilan O'FA rahbariyati, futbol faxriylari bu erdagi sharoitlar bilan tanishib, yosh futbolchilar bilan uchrashishdi.

Suhbat davomida mazkur Markaz uzoq yillar davomida O'zbekiston terma jamoalariga xizmat qilishi hamda undan ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqishiga tilak bildirildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing