So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 2 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

16 sen 16:35
Yangiliklar

Triatlon

O'zbekiston Triatlon Federaciyasi vakillari Xalqaro Triatlon Ittifoqining har yillik Kongressida ishtirok etdilar

Teglar :  Triatlon
2019 yil 29 avgust kuni Xalqaro Triatlon Ittifoqi (ITU) har yillik kongressi doirasida O'zbekiston Triatlon federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Farrux Nosirov ITU prezidenti Marisol Kasado bilan muzokaralar o'tkazdi.

Tomonlar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Marisol Kasado O'zbekistonda professional va havaskor triatlonni rivojlantirish uchun ITU tomonidan har tomonlama yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi. ITU prezidenti triatlon uchun mavjud infratuzilma bilan tanishish, shuningdek, O'zbekistonda uzoq muddatli triatlonni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish istiqbollarini o'rganish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishga tayyorligini takidladi.



Kongressda tashkilotga azo 73 davlatdan federaciya va uyushma vakillari yig'ildi. Kun tartibida tashkilot faoliyatini qayta ko'rib chiqish va 2020 yilda triatlon va paratriatlon musobaqalarini o'tkazish rejasi, shuningdek ITUning kelgusi yilda milliy federaciyalarni qo'llab-quvvatlash dasturi muhokamada bo'ldi.



Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax ham kongressda ishtirok etib, ITUning zamonaviy yondashuvlari va Olimpiya qadriyatlariga sodiqligiga ijobiy baho berishini bildirdi. «ITU etakchi xalqaro federaciyalardan biri bo'lib, u 2020 yilda bo'ladigan Olimpiya o'yinlariga eng qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda», – dedi Tomas Bax Kongressdagi nutqida. – Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi ITU bilan yaqin hamkorlik qilishdan faxrlanadi va Ittifoq rahbariyati va jamoasi ishini, shuningdek gender tengligi sohasidagi tashabbuslarni yuqori baholaydi.



ITU prezidenti Marisol Kasado o'z nutqida shunday dedi: «Biz triatlonni rivojlantirishga, sportchilarimiz, ommaviy axborot vositalari va tomoshabinlar uchun tadbirlarimizni yanada jozibali va qiziqarli qilishga, shuningdek, yaqin kelajakda yanada muvaffaqiyatli bo'lishga imkon beradigan yangi yondashuvga alohida etibor qaratmoqdamiz».



Bundan tashqari, ushbu tadbir davomida Osiyo Triatlon Konfederaciyasi (ASTC) ishtirokchilarining uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda ASTC rahbari Jastin Sukvon O'zbekiston Triatlon Federaciyasini ASTCga azo mamlakatlarning barcha milliy federaciyalariga rasman tanishtirdi. Ular konfederaciyaning kelgusi yilga rejalari, Osiyo kubogi musobaqalarini, shu jumladan O'zbekistonda o'tkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar.



Takidlash joizki, shu kunlarda Lozanna shahrida ITU Grand Final musobaqalari bo'lib o'tdi, unga 4000 dan ortiq sportchilar va milliy federaciyalar vakillari tashrif buyurishdi. Triatlon olamining eng asosiy voqeasida o'zbekistonlik triatlonchi ham qatnashdi va O'zbekiston Triatlon Federaciyasi vakillari ITUga azo mamlakatlarning milliy jamoalari qatorida ochilish marosimidagi davlatlar paradida ishtirok etdi.



O'zbekiston Triatlon Federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

   
16 sen 16:55:01
Islom Okhunov
Triatlon haqida ilgari deyarli yangiliklar bo'lmas edi bu saytda. Yangi rahbar tayinlangach, sizlar ham harakatga tushib qolipsizlarda. Shunday ruhda davom etinglar, balki sizlarni ham rag'batlantirar Federatsiya rahbari)
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing