So’nggi yangiliklar

08:27Суперлига. Бугун Наманганда водий дербиси бўлиб ўтади 0 08:06Рим WTA 1000 турнири бош соврини кимга насиб этди? 0 07:45UFC Fight Night 241 турнирининг марказий жанги тўлиқ 5 раунд давом этди 0 07:24Бугун Жаҳон чемпионатининг илк куни 5 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 07:03"Байер" мавсум стартидан бери 51 та мағлубиятсиз ўйин ўтказди. Олдинда иккита учрашув қолди 0 00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 3 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0

25 okt 23:55
Yangiliklar

Triatlon

O'zbekiston triatlon terma jamoasi murabbiyi Viktor Zemcev O'zDJTUda bo'ldi

Teglar :  Triatlon
Bugungi kunda mamlakatimizda triatlon sport turini rivojlantirish va uni ommalashirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar tayyorlash borasida keng islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, 2019/2020 o'quv yilidan boshlab, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 5610540 – sport faoliyati (triatlon) talim yo'nalishi (kunduzgi va sirtqi talim) bo'yicha o'qitish yo'lga qo'yildi.

O'zbekiston triatlon federaciyasi tashabbusi bilan terma jamoa faoliyatini jonlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislar va trenerlar jalb etilgan. Ayni paytda xalqaro darajadagi triatlonchi, “Ironman” triatlon musobaqalarining o'n karra g'olibi Viktor Zemcev O'zbekiston triatlon terma jamoasi murabbiyi hisoblanadi.

Triatlon bo'yicha tajribali murabbiy V.Zemcev 24 oktyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida mehmon bo'ldi. Triatlon sport turi uch bosqichli sport turi hisoblanib, suzish, velopoyga va yugurishdan iborat. SHu nuqtai nazardan janob V.Zemcev universitet moddiy-texnik bazasini ko'zdan kechirar ekan, birinchi navbatda ochiq va yopiq suzish havzasi (basseyn), stadion hamda sport maneji bilan yaqindan tanishdi.

V.Zemcevning tashrifi davomida universitet rektori, i.f.d., professor Mahmudjon Boltabaev boshchiligida professor-o'qituvchilar hamrohlik qildi. V.Zemcev talaba yoshlar bilan uchrashuv chog'ida – obodonlashtirish va ko'kalmzorlashtirish, qurilish-tamirlash ishlari, bir so'z bilan aytganda sportchi talaba yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar uchun universitet rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Tashrif so'ngida federaciya vakillari hamda universitet o'rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ayniqsa terma jamoa sportchilarini shakllantirishda hamkorlik qilish kabi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Malumot uchun: Viktor Zemcev – MDH hududidagi eng mashhur triatlet, triatlon bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Ilgari u «Z Iron Team» jamoasi bosh murabbiyi va «RedLava» jamoasining sardori bo'lgan. U «Ironman» seriyasining startlarida professionallar orasida 10 marta birinchilikni qo'lga kiritgan va Jahon chempionatida olti marotaba ishtirok etgan. Xalqaro sport ustasi, ITU Long Distance 2005 Jahon chempioni, ITU Evropa chempionati 2017 sovrindori va Ukrainaning ko'p karra chempioni. Doneck jismoniy tarbiya va sport institutining bitiruvchisi hisoblanadi.

Universitet matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing