So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

09 okt 09:11
Yangiliklar

Qilichbozlik

O'zbekiston va BAA qilichbozlik federaciyalari hamkorlik memorandumini imzolashdi

Bugun poytaxtimizda ilk bor Osiyo qilichbozlik konfederaciyasining (OQK) Bosh Assambleyasi bo'lib o'tadi.

Hozirda ushbu tadbirda ishtirok etuvchi delegatlarning barchasi poytaxtimizga tashrif buyurdi. Kecha MOQ rahbari, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov BAA qilichbozlik federaciyasi prezidenti SHayx Salim Sultonni qabul qildi.

Takidlash joiz, SHayx Salim Sulton OQK rahbarligiga ko'rsatilgan ikki nomzoddan biri hisoblanadi. Rustam SHoabdurahmonov suhbatda mehmonga o'zining iliq tilaklarini bildirib o'tdi.

“Arab mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish, murabbiylar malakasini oshirish, tajriba almashish kabi yo'nalishlardagi hamkorlikni davom ettirish nafaqat biz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun juda muhim. Davlatimiz rahbari sportimizni rivojlantirish borasidagi tashabbuslarimizni doimo qo'llab-quvvatlab kelganlar. Malumki, mamlakatlarimiz o'zaro mustahkam aloqalarni o'rnatib bormoqda. Biz esa buni sport sohasidagi hamkorligimiz bilan rivojlantirishga harakat qilamiz”, – dedi MOQ rahbari.

SHundan so'ng, O'zbekiston va BAA qilichbozlik federaciyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. O'z navbatida, SHayx Salim ham taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men bu erda do'stlarim, yaqinlarim, qilichbozlik oilamiz bilan ekanman, o'zimni ikkinchi uyimdagidek his qilaman. Siz ilgari surgan tashabbus bilan birgalikda katta natijalarni qo'lga kiritishimizga ishonaman. Bu imzolangan hujjat qo'ygan maqsadlarimiz sari dadil qadam tashlashimizda juda muhimdir. Darhaqiqat, mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik endi boshlanayotgani yo'q. Biz bir necha yillar avval boshlangan do'stona aloqalarni yanada rivojlantirmoqdamiz”, – dedi BAA qilichbozlik federaciyasi rahbari.

Samimiy ruhda o'tgan suhbatda tomonlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi rejalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Tashrif davomida mehmonga MOQ binosi bo'ylab kichik ekskursiya tashkil etildi. Bu bilan SHayx Salim Sulton o'zbek sportining shonli tarixi haqida malumotlarga ega bo'ldi. Imzolangan ushbu hamkorlik memorandumi esa Markaziy Osiyo va Arab mamlakatlarini sport olamida yanada birlashtiruvchi muhim hujjat bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing