So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

15 mar 11:35
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston va Rossiya jismoniy tarbiya va sport talimi sohasida hamkorlik qiladi

Teglar :  RossiyaO'zDJTSU
Jismoniy tarbiya va sport talimi sohasida xalqaro tajribalarni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Murabbiylar hamda jismoniy tarbiya mutaxassislarining malakasini oshirish yo'nalishlarida talim samaradorligini oshirish borasida Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, yaqinda institutga A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti “Talim va rivojlanish psixologiyasi” kafedrasi hamda P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti “Adaptiv sport turlari nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori, psixologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori Andrey Grecov tashrif buyurdi.

Faxriy mehmon dastlab institut o'quv xonalari, ulardagi ko'rgazmali qurollar, axborot resurs markazi bilan tanishdi. SHundan so'ng, umumtalim maktablarining jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari, para taekwondo hamda para engil atletika guruhlari tinglovchilari bilan suhbat olib borildi. 

Bu jarayonda bolalar psixologiyasi, adaptiv sportda sportchining psixologik tayyorgarligi, ularni musobaqalarga puxta ruhiy tayyorgarlik ko'rishi borasida so'z yuritildi. 

SHuningdek, A.Grecov tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob qaytardi. Qolaversa, institut professor-o'qituvchilari bilan ham ilmiy tadqiqot, adabiyotlar va o'quv jarayoni borasida o'zaro fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing