So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

28 fev 07:23
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va Turkiya o'rtasida sport sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanadi

Xalqaro kamondan otish federaciyasi va Turkiya Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Ugur Erdener Toshkentga keldi.
Kecha janob Erdener O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga ham tashrif buyurdi. Unga Turkiya MOQ Xalqaro aloqalar departamenti rahbari Kubro Yildirim hamrohlik qildi.



Dastlab ikki davlat rasmiylari o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan muzokara olib borishdi. Uchrashuvda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov hamda O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi Otabek Imamov ishtirok etdi. SHundan so'ng majlislar zalida O'zbekiston va Turkiya MOQ o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu memorandum terma jamoalarimiz o'rtasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish, sohada erishilgan yutuqlar, sport tibbiyoti va farmakologiyasi bo'yicha tajriba almashish kabi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi.

Tadbirning keyingi qismida MOQ muzeyida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda OAV xodimlari mazkur memorandum mohiyati, har ikki tashkilot hamkorligining istiqbolli rejalari haqida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Anjuman yakunida Ugur Erdener MOQning martabali mehmonlar kitobiga o'z dil-izhorlarini yozib qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing