So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

10 okt 07:26
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va Ukraina Milliy olimpiya qo'mitalari o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi o'zaro tajriba almashish maqsadida dunyoning etakchi sport derjavalari bilan hamkorlik loyihalarini davom ettiradi.

Bir necha kun muqaddam Xitoy Milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan bo'lib, mazkur loyiha doirasida bugun Ukraina Milliy olimpiya qo'mitasi bilan ana shunday bitimga erishildi. Onlayn o'tgan mazkur tadbirda O'zbekiston nomidan MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov va qo'mitaning boshqa mutasaddilari ishtirok etgan bo'lsa, Ukraina tarafidan afsonaviy sportchi, hozirda mazkur davlat Milliy Olimpiya qo'mitasini boshqarayotgan Olimpiya o'yinlari chempioni Sergey Bubka boshchiligidagi vakillar, shuningdek, O'zbekistonning Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Kurmanov ishtirok etdi.

Takidlash joiz, mazkur memorandumni imzolash jarayoni joriy yilning 21 mart kuni Sergey Bubkaning Toshkentga tashrifi arafasida tashkil qilinishi rejalashtirilgan, biroq koronavirus infekciyasining tarqalishi sabab ortga surilgan edi. Tadbir davomida Rustam SHoabdurahmonov mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar xususida gapirib o'tdi.

“Karantin davrida Mustaqilligimiz arafasida tashkil qilingan og'ir atletika bo'yicha onlayn musobaqa ukrainalik sportchilar ham birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi va bu Siz tomonidan pandemiya paytida ham katta ishlar olib borilayotganidan dalolat. O'zingiz bir vaqtlar Sobiq Ittifoq xalqlari ichida minglab insonlar uchun o'rnak bo'lgansiz. Ko'pchilik Siz kabi buyuk sportchi bo'lishni orzu qilgan. Hamkorligimiz doirasida ukrainalik sportchi va murabbiylarni mamlakatimizda ko'rish biz uchun sharaf. Sizning o'zbek sportida o'rningizni ham alohida aytib o'tish joiz. 2014 yil hozirgi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va engil atletika bazamizning binolariga ilk g'isht qo'ygan insonlardan birisiz«, – dedi MOQ rahbari.

SHuningdek, Sergey Bubka ham bugungi tadbir yuzasidan o'z fikrlarini bildirar ekan, mamlakatlarimiz orasidagi do'stona aloqalarni sport sohasida ham davom ettirishdan minnatdor ekanligini bildirib o'tdi. SHundan so'ng har ikki tashkilot o'rtasida hamkorlik memoranudmi imzolandi. Unga ko'ra, mamlakatlar yirik sport musobaqalariga tayyorgarlik doirasida o'zaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish, sport ilm-fanida erishilayotgan yutuqlar borasida o'zaro tajriba almashish, sport tibbiyoti, farmakalogiyasi bo'yicha hamkorlikda ishlashadi. SHuningdek, suzish, qilichbozlik, engil atletika, gimnastika, o'q otish sporti va eshkak eshish sport turlarida ukrainalik murabbiylar mamlakatimizda o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing