So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

14 sen 14:42
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va Xitoy MOQlari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Teglar :  O'zbekistonXitoy
Atletlarimizning xalqaro arenalardagi muvaffaqiyatlarini taminlash yo'lida sport sohasida ulkan salohiyatga ega mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada Xitoy yirik sport derjavalaridan biri bo'lib, CHin o'lkasi vakillari ham qishki, ham yozgi Olimpiya o'yinlarida umumjamoa hisobida etakchi davlatlar qatoridan o'rin egallaydi. Bugun O'zbekiston va Xitoy Milliy olimpiya qo'mitalari o'rtasida o'zaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzolandi. Onlayn tarzda o'tkazilgan ushbu tadbirda O'zbekiston nomidan MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov hamda Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirok etdi. Xitoy nomidan mamlakat MOQ prezidenti Gou Jongven va Bosh kotib Song Keking qatnashdi. 

“Mana shunday murakkab davr bo'lishiga qaramasdan mamlakatlarimiz o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanayotganidan xursandman. Biz davlatimiz rahbarlarining do'stona aloqalarini sport sohasida yanada mustahkamlamoqdamiz. O'zbekiston sport bo'yicha ham ulkan yutuqlarga erishib kelmoqda. Ayniqsa, futbol bo'yicha kuchli jamoasiga egasiz. Hamkorligimizni yuqori saviyada davom ettirishdan umidvormiz. O'z o'rnida o'zbekistonlik sportchilarni Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik doirasida mamlakatimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishga taklif qilamiz”, – dedi Gou Jongven.

O'z o'rnida Rustam SHoabdurahmonov ham yo'lga qo'yilayotgan hamkorlik aloqalaridan mamnun ekanligini takidladi.

“Bir necha kun muqaddam mamlakatimiz mustaqilligiga bag'ishlab og'ir atletika bo'yicha onlayn xalqaro musobaqa o'tkazdik va unda xitoylik sportchilar yuqori natija qayd etishgani bilan Sizni qutlab qolaman. Bugun biz uchun muhim kun. Xitoydek sport sohasida ulkan qudratga ega mamlakat bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqdamiz. Takidlab o'tganingizdek, mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich boshchiligida sport sohasida ham ulkan islohotlar olib borilmoqda. Xususan, yurtimizni rivojlantirish yo'lida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning biri ham aynan jismoniy tarbiya va ommaviy sportga yo'naltirilgan. Biz har qanday global vaziyatda ham o'sishdan to'xtamaymiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

SHundan so'ng har ikki tomon o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko'ra, tomonlar sport tibbiyoti, metodikasi yo'nalishlarida izchil hamkorlikni yo'lga qo'yish va tajriba almashish, ko'plab sport turlarida terma jamoalarimiz o'rtasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkilari qilish ko'zda tutilgan.

Takidlash joiz, Xitoy 2021-2022 yillar davomida 4 yirik kompleks musobaqalar: Osiyo sohil o'yinlari, yoshlar Osiyo o'yinlari, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlarini o'zida qabul qiladi. Mazkur memorandumda 2025 yil Toshkentda o'tadigan yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik va tashkiliy masalalar bo'yicha Xitoy tajribasini o'rganish bandi ham alohida qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing