So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

29 okt 12:44
Yangiliklar

Velosport

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining hududiy bo'limlariga 40 ta velosiped taqdim etildi

Teglar :  Velosport
Kecha poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan "Yurtimning munis ayoli, sport bilan go'zal kamoli" shiori ostida sport tadbiri tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar, sportchilar hamda O'zbekiston velosiped sport federaciyasining hududiy bo'limlarida faoliyat yurituvchi ayol murabbiylar ishtirok etishdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, O'zbekiston velosiped sport federaciyasi raisi Tanzila Narbaeva so'zga chiqib, bugungi kunda Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini yuksaltirish, sport ommaviyligini oshirish orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga alohida etibor qaratilayotganligi haqida gapirdi. Mustaqil hayotga katta umid va aniq maqsadlar bilan kirib kelayotgan navqiron avlod vakillari, ayniqsa, qizlarimiz sportga kundalik turmush tarzining bir qismi sifatida qarayotgani eng katta yutug'imiz ekanliginini ham alohida takidladi.

Uchrashuv davomida shuningdek, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy L.Markelova, velosiped sporti bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi O.Zabelinskayalar so'zga chiqib, yurtimizda velosiped sportiga bo'lgan etibordan juda xursand ekanliklarini qayd etishdi. Tadbir so'ngida tashkilotchilar tomonidan Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatiga, O'zbekiston velosiped sport federaciyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent, Farg'ona, Andijon, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi hududiy bo'limlariga Evropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) nomidan 40 dona sport velosipedlari taqdim etildi.

SHuningdek, tadbir doirasida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uchrashuvi ham bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, O'zbekiston velosiped sport federaciyasi raisi T.Narbaeva, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi bosh kotibi K.O'rinboyxo'jaev, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi loyihalashtirish koordinatori, elchi Jon MakGregor, velosiped sporti bo'yicha O'zbekiston terma jamoa azosi Olga Zabelinskayalar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekistonda velosportni rivojlantirish, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilishi bo'yicha kelishuvga erishdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing