So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

02 mar 15:35
Yangiliklar

Voleybol

O'zbekiston voleybol federaciyasiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  VoleybolMOQ
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston voleybol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi.
Konferenciyani qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Unda 2013-2016 yillar davomida olib borilgan ishlar bo'yicha federaciya rahbariyatining hisoboti tinglandi.

Malumki O'zbekistonda voleybol o'zining boy tarixi va ananalariga ega sport turi hisoblanadi. O'z vaqtida yurtimizdan bir qator iqtidorli voleybolchilar etishib chiqqan va ular turli musobqalarda zafar quchib, mazkur sport turining butun yurtimiz bo'ylab ommaviylashuviga xizmat qilishgan. Bular qatoriga Olimpiya o'yinlari chempionlari V.Duyunova va L.Pavlova, yoshlar o'rtasida Evropa chempionlari L.Ishmaeva, L.Suleykina, O.Belova, L.Lepilina, O.Dubyaga, S.Myachinlarni qo'shishimiz mumkin.



Lekin, so'nggi yillarda mamlakatimizda voleybol sport turini rivojlantirish, ommaviyligini oshirish, zaxira sportchilarni tayyorlab borish, yosh iqtidorli sportchilarni saralash, tuman-shahar va viloyat musobaqalarini o'tkazishga etibor kamayganligi yaqqol ko'zga tashlanib qoldi.

Eng avvalo federaciyaning avaalgi rahbariyati tomonidan O'zbekistonda voleybol sport turini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmadi, federaciyaning 10 ta hududiy bo'limlarida faoliyat talab darajasida yo'lga qo'yilmadi, sport musobaqalari tizimli ravishda, yani tuman, viloyat bosqichlari deyarli o'tkazilmadi va eng muhimi ommaviylikka etibor qaratilmaganligi sababli selekciya va saralash ishlari yaxshi tashkil etilmadi.

SHu boisdan ham federaciya rahbariyatida o'zgarish qilish, ishni qaytadan, samarali tashkil etish, sportning ushbu turini yoshlar orasida ommaviylashuviga etibor qaratish va shu orqali terma jamoalarga munosib nomzodlarni saralab olish, bir so'z bilan aytganda federaciya ishini tubdan isloh qilish bugungi kun talabi edi.

Konferenciyada tashkiliy masala ko'rib chiqildi va O'zbekiston voleybol federaciyasi raisi lavozimiga “O'ztransgaz” akciyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Ergash Raxmatullaevich SHoismatov, uning birinchi o'rinborsari lavozimiga “Dori-darmon” akciyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Abdug'ani Abduraxmonovich Komilovlar bir ovozdan saylanishdi.



SHuningdek, O'zbekiston voleybol federaciyasi raisi o'rinbosari etib SHerzod Mahmudovich Xushvaqtov, federaciya Bosh kotibi etib esa Sanjar Abdualievich Abdullaevlar saylanishdi.

Konferenciya ishida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov va Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Alisher Sultanovlar so'zga chiqib voleybol federaciyasining yangi rahbariyati oldida turgan ustuvor vazifalarga alohida urg'u berib o'tishdi.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi bilan birgalikda mazkur sport turi samaradorligini oshirishga qaratilgan alohida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy federaciyalar faoliyatini qayta ko'rib chiqib, ishini jonlantirish, Olimpiya zaxiralari kollejlarida voleybol bo'limlarini tashkil etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasiga taklif kiritish, voleybol sport turini ommaviyligini oshirish maqsadida tuman, shahar va viloyat bosqichlari musobaqalarini tashkil etib, mavjud sport bazalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda bino va inshootlarni kapital tamirlash va rekonstrukciya qilish, Xalqaro voleybol federaciyasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish va mamlakatimiz voleybol federaciyasi vakillarini Osiyo va Xalqaro voleybol federaciyasi rahbariyati tarkibiga kiritish choralarini ko'rish federaciya oldida turgan asosiy vazifalar sifatida belgilandi.



SHuning bilan O'zbekiston voleybol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Manzil: O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing