So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

30 iyu 18:40
Yangiliklar

Ot Sporti

O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori elon qilingan edi.

Aytish kerakki, mazkur qaror sportning ushbu turini yurtimizda yanada rivojlantirish, uni yangi darajaga olib chiqish masalasida juda muhim hujjat bo'ldi. 

Sir emaski, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga davlat siyosati darajasida etibor qaratiladi. Buni eng avvalo xalqaro maydonda, eng nufuzli musobaqalarda o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar, erishayotgan yutuqlar misolida ko'rishimiz mumkin. SHu jumladan, mamlakatimizda ot sporti turini rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zotli otlar naslini ko'paytirish va ulardan unumli foydalanish yuzasidan so'ngi paytlarda hukumatimizning qator qaror va farmoyishlari qabul qilindi. 

SHuni alohida takidlash lozimki, Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 15 iyunida imzolangan qaror ot sportiga bevosita aloqador bo'lgan mutasaddi rahbarlar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Qarorda qilinishi lozim bo'lgan ishlar, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar aniq ko'rsatib o'tilgan. Qolaversa Respublikada yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga ko'maklashish bo'yicha ishchi guruh tashkil etilgan bo'lib, uning samarali faoliyat ko'rsatishi ham sportning ushbu turini butun mamlakatimiz bo'ylab taraqqiy ettirish masalasida katta yordam beradi. 

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tgan federaciyaning navbatdan tashqari hisobot saylov Konferenciyasi kun tartibidan bir qator muhim masalalar o'rin oldi. Jumladan, federaciyaning yangi talqindagi nizomi tasdiqlanishi, rahbariyatning yangi tarkibi saylanishi, shuningdek federaciyaning rivojlanish strategiyasi muhokamaga qo'yilishi kutilgandi. Konferenciyada dastlab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov so'z olib, qaror mohiyati, uning ot sporti taraqqiyoti, yilqichilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish, noyob zotli sport otlari hamda Qorabayir va Axaltaka nasldor ot zotlari bosh sonini ko'paytirish masalasida tutgan o'rni xaqida delegatlarga batafsil malumot berib o'tdi. 

SHundan so'ng, Konferenciyani olib borgan Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov so'nggi 5 oy davomida federaciyaga rahbarlik qilgan Qudratilla Mirsagatovich Rafikovning xizmatlarini alohida etirof etib, rais lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, Qishloq va suv xo'jaligi vaziri Zoir Mirzaev nomzodini taklif qildi. Delegatlar bir ovozdan Zoir Toirovichni yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi lavozimiga saylashdi. 

Darvoqe, Prezidentimiz tomonidan 15 iyunda imzolangan PQ-3057 qaroriga asosan bundan buyon ot sporti federaciyasi rasman yilqichilik va ot sporti federaciyasi deb nomlanadigan bo'ldi. SHundan so'ng rais o'rinbosarlari lavozimiga saylovlar bo'lib o'tdi. Respublika veterenariya labaratoriyasi mudiri Ulug'bek Ismatov, federaciya Bosh kotibi Eldar Anarbaev va “ALIF GRAND CORPORATION” MCHJ kuzatuv kengashi raisi Bahrom Gaziev bir ovozdan yilqichilik va ot sporti federaciyasi rais o'rinbosari lavozimiga saylanishdi. SHuningdek, yig'ilish davomida federaciya Kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi. 

Konferenciya yakunida Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Alisher Sultanov so'zga chiqib, shunday dedi: "Fursatdan foydalanib, ortda qolgan vaqt mobaynida ot sporti federaciyasini boshqargan, ushbu qarorning asosiy tashabbuskorlaridan biri bo'lgan va uning tayyorlanishida bevosita jonbozlik ko'rsatgan Qudratilla Mirsagatovich Rafikovga chuqur minnatorchilik izhor etaman. Qudrattilla Mirsagatovich garchand u qadar uzoq muddat federaciyaga rahbarlik qilmagan bo'lsalarda, yani faqatgina 5 oy davomida faoliyat olib borgan bo'lsalarda federaciya faoliyatini sezilarli darajada jonlantirishga erisha oldilar. SHunday ekan ularga mamlakatimizda butun Olimpiya oilasi nomidan minnatdorchilik izhor etib, kelgusi faoliyatlarida muvafaqiyatlar tilab qolaman." 

Alisher Saidabbasovich shuningdek, federaciyaning yangi rahbariyatini masuliyatli va sharafli vazifa bilan murobakbod etar ekan, oldinda turgan muhim musobaqalar - sentyabr oyida Turkmaniston poytaxti Ashgabat shahrida bo'lib o'tadigan jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlari, 2018 yilda esa Indoneziya poytaxti Jakarta mezbonligida o'tadigan Osiyo o'yinlarida ot sporti bo'yicha terma jamoamizga, qolaversa yilqichilik va ot sporti federaciyasi rahbariyatiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. 

“Azaldan mohir chavandozlar yurti bo'lib kelgan O'zbekistonda ot sporti albatta taraqqiy etishi va rivojlanishi kerak. SHunday ekan, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining yangi saylangan rahbariyati, hususan federaciya raisi Zoir Toirovich Mirzaevga mashaqatli va sharafli ishlarni amalga oshira olishiga katta ishonch bildirib, bu ibratli ishlarda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”- deb o'z so'zini yakunladi Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti. SHuning bilan O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi o'z ishini nihoyasiga etkazdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing