So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

22 iyu 14:55
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekistonda Olimpiya haftaligi start oldi + FOTO

Teglar :  Olimpiya kuniMOQ
23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni. Hozir butun dunyoda ushbu sana munosabati bilan turli ommaviy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugundan mamlakatimizda ham “Xalqaro Olimpiya kuni” doirasida o'tkaziladigan tadbirlar start oldi. 

Koronavirus pandemiyasi to'liq ortga chekinmaganini inobatga olgan holda ushbu bayramni ixcham va chiroyli qilib o'tkazish ko'zda tutilgan. 28 iyunga qadar davom etadigan ushbu haftalikda 15 ta federaciyalarimiz turli ommaviy tadbirlar, qiziqarli musobaqalar tashkil qilishni rejalashtirgan. 

Bugun erta tongda MOQ binosida ushbu musobaqalar startiga bag'ishlangan katta fleshmob o'tkazildi. Unda Milliy Olimpiya qo'mitasi, Turizm va sport vazirligi rahbariyati, Vazirlar Mahkamasi vakillari, federaciya va associaciyalar masullari, faxriylar va yosh sportchilar jam bo'lishdi. 

Tadbirda mutasaddilar Xalqaro Olimpiya kuni tarixi, uning o'ziga xos ahamiyati, hukumatimiz tomonidan sog'lom turmush tarzi va Olimpizm g'oyalarini targ'ib qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirib o'tishdi. SHundan so'ng yig'ilganlarga Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Baxning dunyo Olimpiya oilasiga yo'llagan bayram tabrigi qo'yib berildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlangan fleshmob jarayoni bo'lib o'tdi va barcha esdalik uchun suratga tushishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing