So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

05 apr 12:51
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda sport genetikasidan keng foydalanish masalasi muhokama qilindi

Teglar :  Sport genetikasi
SHiddat bilan rivojlanib borayotgan sport sohasi qatorida uning atrofidagi yo'nalishlar ham taraqqiy etmoqda.

Jumladan genetika bugungi kunda qudratli sport mamlakatlari amaliyotga joriy etgan asosiy yo'nalishlardan hisoblanadi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida mazkur sohani rivojlantirish, terma jamoamiz vakillarining genetikasini o'rganish mavzusida yig'ilish o'tkazildi. Unda MOQ qoshidagi Respublikasi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutasaddilari, soha shifokorlari genetikaning zamonaviy yutuqlari haqida batafsil malumot berishdi. Yig'ilishda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov va Vazir maslahatchisi Avaz Karimov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Ravshan Irmatov, Azizjon Kamilov, SHerzod Tashmatov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev ishtirok etishdi.

Yig'ilish avvalida “Geno Texnologiya” molekulyar genetika laboratoriyasi rahbari Jamoliddin Ho'jaahmedov sohaning ahamiyati va so'nggi yutuqlar haqida taqdimot qildi.

“Zamonaviy laboratoriyamiz orqali bolalarda qaysi sportga moyillik borligini ko'rsatib bera olamiz. Ayrim hollarda ota-onalar farzandini kurash sportiga bermoqchi bo'lib kelishadi. Biroq tekshiruvlarimiz buning aksini ko'rsatgach, ota-onalar buni qabul qilgisi kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. CHuqur tekshiruvlar bolani yurak qon-tomir tizimi va boshqa yo'nalishlari bo'yicha o'rganib, xulosa taqdim qiladi. Laboratoriyamiz 24 ta gen tekshiruvini o'tkazganidan so'ng bolaning haftada nechi kun, nechi mahaldan mashg'ulot qilishi va uning davomiyligi, ovqatlanish tizimi qanday bo'lishi bo'yicha ham malumot olish mumkin", – dedi mutaxassis.

Mutaxassis taqdimot davomida terma jamoalarimizdagi atletlarni ham tekshiruvdan o'tkazish imkoniyati borligi, shunda ularning mashg'ulotlarda qancha yuklama olishi va umumiy potencialini bilib olish mumkinligi haqida gapirdi. Yig'ilish yakunida mutasaddilar taqdimot yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing