So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

17 okt 18:00
Yangiliklar

Velosport

O'zbekistondagi birinchi veloyo'lak foydalanishga topshirildi

Teglar :  Velosport
Namangan shahrida yurtimizda birinchilardan bo'lib zamonaviy veloyo'lak tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur xayrli ish O'zbekiston Ekologik harakati, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi loyihalari koordinatori va Namangan viloyati hokimligi hamkorligida barpo etildi.

Islom Karimov shohko'chasi bo'ylab barpo etilgan veloyo'lak ochilishi munosabati bilan unda “SHahrimizni birgalikda obod qilaylik!” shiori ostida dastlabki velomarafon o'tkazildi. Mazkur akciyada parlamentimiz azolari, ekoharakat faollari, EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori vakillari, keng jamoatchilik, velosportchilar, jurnalistlar ishtirok etdi. 

Viloyat hokimligining masul xodimi Azamat Abdurahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik paltasi deputatlari Sadirjon Jakbarov, Xayrullo G'afforov, EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor so'zga chiqib, bugungi kunda transport vositasi sifatida velosipeddan foydalanishni targ'ib qilish va joriy etish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar ham ekologik muammolarni kamaytirish va uning salbiy oqibatlari oldini olishga qaratilgan ezgu maqsadlardan biri ekanini takidlashdi. 

Velomarafon ishtirokchilari “Do'stlik” savdo-sanoat kompleksi maydonidan “Yoshlar bog'i”gacha bo'lgan 5 kilometrlik masofani bosib o'tdi. Akciya ishtirokchilarini yo'l bo'ylab aholi va yo'lovchilar qo'llab-quvvatlab turdilar. 

Akciya doirasida O'zbekiston Ekologik harakati va EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan 80 ta velosiped mehribonlik uyi, maktab-internat, oliy o'quv yurtlari, mahalla fuqarolar yig'inlari, ekologiya, tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari kabi ijtimoiy muassasalarga sovg'a qilindi.

Tadbirda Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining mavzuga doir rasmlar tanlovi o'tkazilib, faol ishtirokchilarga diplom, esdalik sovg'alari topshirildi. Taniqli sanatkorlar va yosh istedod sohiblari ijrosidagi koncert dasturi barchaga xushkayfiyat ulashdi. 
 

Oqilxon DADABOEV

Reyting:    

Fikrlar

   
18 okt 10:34:02
Albatros
Rasm "veledrom nasional malaysia nilai" rasmi. Namanganga nima aloqasi bor?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing