So’nggi yangiliklar

16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0

27 dek 18:51
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

O'zbekistonlik ikki sportchi Kangvon-2024 qishki o'smirlar Olimpiadasida ishtirok etadi

2024 yilning 19 yanvaridan 1 fevralga qadar Koreya Respublikasining Kangvon shahrida o'smirlar o'rtasida IV qishki Olimpiada o'yinlari o'tkaziladi.

Ahamiyatlisi, ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston delegaciyasi ham ishtirok etadigan bo'ldi.

Avvalroq, tog' chang'isi bo'yicha o'zbekistonlik sportchilar Samandar Asanov, Rauan Raimqulov va Sabina Rejepova Avstriya hamda Italiyadagi licenzion turnirda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Quvonarlisi, sportchilarimizning barchasi Kangvon-2024 qishki o'smirlar Olimpiadasiga yo'llanma kiritdi. Ammo ushbu sport turida O'zbekiston terma jamoasiga 1+1 ko'rinishidagi kvota ajratilgani bois, murabbiylar shtabi Rauan Raimqulov hamda Sabina Rejepovani musobaqada ishtirok etish uchun tanlab oldi. Samandar Asanov esa Raimqulovga zaxira nomzodi sifatida birga mashg'ulot olib borayotgani aytilmoqda.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun tunda hamyurtlarimiz Janubiy Koreyaga yo'l olishadi. Sportchilarimiz Koreya tomonidan taqdim etilgan “2018-yilgi Olimpiya o'yinlarining vorislari fondi” loyihasi asosida musobaqa boshlanguncha mashg'ulot olib boradilar.

Eslatib o'tamiz, 2020 yil Lozannada (SHveycariya) o'tgan III qishki o'smirlar o'rtasidagi Olimpiadada O'zbekiston sharafini bir nafar sportchi - Valeriya Kovaleva himoya qilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing