So’nggi yangiliklar

16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0 14:37Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатидаги юришимизни ғалаба билан бошлаб берди, уч дзюдочимиз эса... + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:16Яна бир боксчимиз Париж-2024 Олимпиадасига лицензия олди 0 14:05"Бавария"ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди 0 13:44Фьюри фаолиятида саккизинчи маротаба нокдаун ҳолатига тушиб қолди 0 13:21"Усик P4P рейтинги етакчиси бўлиш учун даъвогар" - Кроуфорд 0 13:00"Қирол қайтиши мумкин". Собиқ чемпион октагонга қайтишга шаъма қилди 0 12:39"Манчестер Сити" ёки "Арсенал". Бугун АПЛнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади 0 12:18Конор Макгрегор машғулот лагеридаги суратларни тақдим этди + ФОТО 0 11:57Қозоғистонлик жангчи икки ўзбек ММАчисига "вызов" ташлади 0 11:36Олимпиада-2024 лицензианти Бекзод Абдураҳмонов Парижга бормаслиги мумкин 0

25 apr 22:50
Yangiliklar

Boshqalar, Olimpiya o'yinlari

O'zbekistonlik mutaxassisning Rio-2016 Olimpiadasidagi xotiralari (yakun)

2016 yil 1 avgust kuni O'zbekiston sport delegaciyasi Rio-de-Janeyro shahriga kirib kelgan kunidan boshlab, o'ziga ajratilgan yashash joyida SHtab tuzildi.

SHtab faoliyatini asosan Milliy olimpiya qo'mitasi hamda o'sha paytdagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh olib bordi. Ishchi guruhning asosiy vazifalariga O'zbekiston sport delegaciyasini kutib olish va kuzatib qo'yish, Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi malumotlarini tegishliligi bo'yicha etkazish, turli mitinglarda qatnashish, Respublika federaciya va associaciya masullar, shifokorlar hamda bosh trenerlarni har kunlik hisobotini qabul qilish va tahlil qilib, tegishli ko'rsatmalar berish, madaniy tadbirlar va ekskurciyalarni tashkil etish, delegaciya azolarini, shuningdek, sport musobaqasini yakunlagan sportchi, trenerlar va boshqa xohlovchilarni musobaqada ishtirok etadigan atletlarni qo'llab-quvvatlash uchun safarbar qilish, musobaqa jarayonini OAV orqali O'zbekiston xalqiga etkazish, kun yakunida esa malumotlarni umumlashtirgan xolda Hukumatga hisobot tayyorlash kabilar kirardi. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, Ishchi guruh o'z vazifalarini alo darajada bajardi. Birgina musobaqa jarayoniga o'zbekistonlik muxlislardan tashqari tomosha qilishga kelgan braziliyalik tomoshabinlarning qo'llariga kichik bayroqlarimizni berib qo'yib, o'zbekistonlik atletlarga muxlislik qildirishga ustalik bilan erishilganligi sportchilarimizning raqibiga salbiy tasir ko'rsatsa, bizning sportchiga aksincha ruhiy dalda bo'ldi. 




MADANIYAT ALMASHINUVI

G'alaba va mag'lubiyatlarni taqdim etadigan Olimpiya o'yinlari juda ham yaxshi madaniyat almashinuvi hamdir. Boks musobaqalarida ishtirok etgan bayroqdorimiz Bahodir Jalolov yarim final bahsi uchun kurashda buyuk britaniyalik Jozef Joysga mag'lub bo'ldi. O'sha paytlarning o'zida Bahodir Jalolov o'zbekistonlik sport ixlosmandlari, ayniqsa, sport muxlisalarining yoqimtoyiga aylanib ulgurgan edi. Mamlakat Prezidenti bilan uchrashuvda berilgan vada, bayroqdorlik yuki va boshqa sabablar endigina 22 yoshga to'lgan Bahodirga og'irlik qildi. U mag'lubiyatdan keyin 3 kun xonasidan tashqariga chiqqani yo'q. Do'stlari tomonidan olib kelingan meva-chevalar ham tomog'idan o'tmadi. Lekin hayot davom etadi, delegaciya rahbariyati buni Bahodirga tushuntirdi va kayfiyatni ko'tarish uchun Olimpiya shaharchasida hozirgi kunda Moliya va iqtisod departamentida faoliyat olib borayotgan Jamol aka Xolboev tashabbuslari bilan futbol uchrashuvi tashkillashtirildi. Buning ustiga bu paytga kelib, O'zbekiston delegaciyasi hisobida maqtansa arzigulik medallar bor edi. Sportdagi faoliyatini futboldan boshlagan Bahodir futbol maydonida yugurib, bir necha marotaba qattiq zarbalarni darvozaga yo'llab, bor alam va g'uborlarini chiqarib yuborardi.



Hozirgi kunda bokschilik faoliyatini davom ettirayotgan Bahodir 2019 yili Ekaterinburgda bo'lib o'tgan jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, Iordaniyadagi licenzion turnirda ham ishtirok etib, Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini naqd qildi.

Yuqoridagi kabi boshqa mamlakat sportchilari bilan do'stona sport musobaqalari Kopakabana sohilidagi qumli voleybol maydonchasida ham davom etdi. Dunyoning 7 mo'jizasidan biri – Iso Masih haykaliga tur tashkil etildi. Vatanga medallar shodasi va yangi rekordlar bilan qaytish oldidan barcha madaniy va marifiy bilimlarga ega bo'ldi.

SHunday qilib, 2016 yil 5-21 avgust kunlari Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlari O'zbekiston sport delegaciyasi uchun har qachongidan muvaffaqiyatlarga boy bo'lgan Olimpiada sifatida tarix sahifalariga bitildi.

Dunyoning 207 davlati vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan mazkur Olimpiya o'yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza jami 13 ta medaliga sazovor bo'lgan O'zbekiston delegaciyasi umumjamoa hisobida 21-o'rinni band etdi. Qo'lga kiritilgan yuksak g'alaba Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi(MDH) davlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi, Osiyo qitasida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlaridan keyin to'rtinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi natija bo'ldi.

Galdagi vazifa va maqsadimiz Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida Rio-2016 dan kam bo'lmagan natijalarni qayd qilishdir. Bunga esa barcha imkoniyatlar mavjud.

RIO-2016 OLIMPIADASI BILAN BOG'LIQ E'TIBORGA MOLIK FAKTLAR

O'zbekiston sportchilari 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etgan 102 sportchi jami 120 ta yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu O'zbekiston sporti tarixidagi rekord ko'rsatkichdir.
*
Rio-2016 Olimpiya o'yinlariga birinchi marta mamlakatimizning barcha hududlaridan sportchilar yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
*
Mamlakatimiz sportchilari Olimpiya o'yinlarida birinchi marta sportning 16 turida Vatanimiz sharafini himoya qildilar. Bunga qadar eng yuqori ko'rsatkichimiz 15 ta sport turi bo'lgandi.
*
O'zbekistonlik badiiy gimnastikachilar birinchi marta Olimpiya o'yinlarining jamoaviy bahslarida qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar.
*
Hamyurtimiz Oksana CHusovitinaning nomi dunyo sport gimnastikasi tarixi sahifalariga etti bor Olimpiada o'yinlarida ishtirok etgan birinchi sport gimnastika ustasi sifatida bitildi.
*
Rio-2016 o'yinlari trampolin sport turi bo'yicha terma jamoamiz azosi Ekaterina Xilko uchun faoliyatidagi beshinchi Olimpiya o'yinlari bo'ldi. Pekin-2008 Olimpiya o'yinlari sovrindori Ekaterina Xilko dunyo trampolinchilari orasida birinchi bo'lib “Olimpiadaning besh karra ishtirokchisi” degan nomga sazovor bo'lgan.
*
Rio-2016da Vatanimiz sharafini himoya qilgan Yodgoroy Mirzaeva o'zbekistonlik ayol bokschilar orasida birinchi bo'lib Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olgan.
*
XXXI yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olgan Zohidjon Kenjaevning nomi o'zbekistonlik sportchilar orasida Olimpiya o'yinlarining stol tennisi bo'yicha erkaklar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etgan birinchi sportchi sifatida muhrlandi.
*
Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari birinchi marotaba Janubiy Amerika qitasida o'tkazildi.

Muallif: Xalqaro aloqalar departamenti
direktori Kamoliddin Ergashev.
Malumotlarni to'plashda yaqindan yordam berdi:
Farhod Turdiev (MOQ vice-prezidenti, 2013-2017 y.)

Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing