So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

03 sen 15:13
Yangiliklar

Engil atletika

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – engil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

“Sport qirolichasi” nomini olgan sportning engil atletika turi eng ommalashgan sport turlaridan sanaladi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Bugun mazkur sport turi bilan minglab insonlar muntazam shug'ullanib kelishadi. Hatto musobaqalarda, yozgi olimpiya o'yinlarida ham eng ko'p ishtirokchilar aynan engil atletikada kuzatiladi. 

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ko'pkurash fakulteti negizidagi Engil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ham mamlakatimizga engil atletika, biatlon, triatlon bo'yicha yuqori salohiyatli mutaxassis-kadrlarni tayyorlab berishda, istedodli atletlarni katta sport sari yo'naltirishda eng etakchi kafedralardan hisoblanadi. Kafedrada bugun talabalar engil atletika, biatlon va triatlon sport turlari bo'yicha tahsil olishadi. Aytish joiz, Engil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tasarrufidagi biatlon hamda triatlon sport turlari joriy yilda tashkil etilgan. 

Keling, dastlab kafedraning tarixiga, o'tmishiga nazar solamiz. Engil atletika kafedrasi universitet tashkil etilgan yildayoq (1955 yil) faoliyati yo'lga qo'yilgan. Professor-o'qituvchilardan L. Lebedyanskaya, N. Barishev, A. Vink, V. Nikulenkov, L. Malixina, YU. Puzanov, V. Afanasevlar esa engil atletika bo'yicha talabalarning birinchi ustozlari bo'lishgan. Kafedrani O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Nikolay Bikov birinchi mudir sifatida boshqargan. N. Bikov 100 va 400 m masofalarga yugurishda O'zbekiston chempioni va rekordchisi Gennadiy Senkinga ustozlik qilgan. G. Senkin ko'p bor markaziy Osiyo spartakiadalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan. O'zbekiston rekordini bir necha marta yangilagan, mamlakat bo'yicha 10 ta eng yaxshi qisqa masofalarga yuguruvchilar safidan joy olgan. 

Keyinchalik kafedrani turli yillarda O'zbekiston Respublikasida birinchi bo'lib engil atletika sohasida pedagogika fanlari nomzodi disertaciyasini himoya qilgan, engil atletika kafedrasi mudiri Lebedyanskaya Lyudmila Aleksandrovna, pedagogika fanlari nomzodi Xamraqul Rafiev, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, pedagogika fanlari nomzodi, docent Gennadiy Arzumanov, engil atletika bo'yicha xalqaro toifadagi hakam Lyudmila Aleksandrova, biologiya fanlari nomzodi, professor Andris Egon Robertovich, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, pedagogika fanlari nomzodi, professor Klara SHokirjanova, pedagogika fanlari nomzodi, professor R. Qudratov, katta o'qituvchi T. Rasulova, p.f.n., docent L. Smurigina, pedagogika fanlari nomzodi Rashid Matkarimov, p.f.n. N.To'xtaboev, p.f.n., docent M. Olimovlar boshqarishgan. 2020 yildan kafedraga Iqror Roziqovich Soliev  mudirlik vazifasini vaqtincha bajaruvchi  sifatida rahbarlik qilmoqda.

Kafedra tashkil etilgan ilk yillari murabbiylarlarning samarali mehnatlari evaziga yangi yosh iqtidorli engil atletikachi talabalardan E. Machula, O. Levonenko, G. Nekrashevich, G. Podlazov, E. Andris, E. Skorin, G. Kutyanin, G. Skalozubova (Bikova), V. CHekmarev, I. Klimov, S. Arzumanova (Moskaleva), Merkin, V. Nekrasovskiy, B. Kochetkov, A. Kiselev, V. Tyapugin, R. Babich, A. Yusupova, N. Skorikov, N. Kandelo (Tyapugina), A. Normuradov, O. Ro'zimetov, V. Essilar O'zbekiston terma jamoasi safidan o'rin olib, sobiq ittifoq chempionatlari, xalqaro musobaqalarning g'olib va sovrindorlari bo'lishgan. 

1970-1980 yillarda ham talabalarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki muvaffaqiyatli bo'lgan. Moskva shahrida 1973 yilda bo'lib o'tgan Butunittifoq yoshlar sport o'yinlarida O'zbekistonning engil atletikachilar terma jamoasi 8-o'rinni qo'lga kiritishgan. 1974 yilda talaba Anatoliy Dimov uzoq masofaga yugurish bo'yicha respublikaning bir necha bor chempioni va rekordchisiga aylanadi. Hattoki u 17-18 yoshdagi yoshlar o'rtasida 1500 metrni 3:46,6 va 5000 metrni 13:58,4 natija ko'rsatib, sobiq ittifoq bo'yicha ikkita rekordni o'rnatadi. 

1977 yilda AQSHda bo'lib o'tgan xalqaro musobaqada talabalardan Mixail Rastrigin 400 m. ga g'ovlar osha yugurishda 53.03 soniya natija ko'rsatib, 3-o'rinni egallagan. Aleksandr Xarlov esa 110 m masofaga g'ovlar osha yugurishda 14,3 soniya natija ko'rsatib 3-o'rinni egallagan. Bunday misollarni yana ko'plab keltirish mumkin.

1980 yilga kelib respublikamizda oliy toifadagi engil atletikachilarni tarbiyalashda murabbiylardan YU. Puzanov, G. Arzumanov, R. Sayfulin, R. Fazlyaakbarov, G. Talalaev, YU. Parfenov, YU. Sklyar, L. Yamkis, N. Afanasenko, G. Kutyanin, N. Skorikov, A. Vink, S. Karvaseckaya, YU. Kolesnikovlar hissasi katta bo'ldi.

 1980 yili Moskvada bo'lib o'tgan olimpiya o'yinlarida O'zbekiston o'zining uch vakili, yani O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchilari – Aleksandr Xarlov 400 m.ga g'ovlar osha yugurishda, Anatoliy Dimov 3000 metrga to'siqlar osha yugurishda sobiq ittifoq rekordini o'rnatgan, Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish bo'yicha) 6-o'rinni egallagan. Olimpiada arafasida O'zDJTSU engil atletika kafedrasi o'qituvchisi Tatyana Biryulina jaxonda birinchi bo'lib nayzani 70 metrli masofadan oshirgan holda 70 metr 08 santimetrga uloqtirib, jahon rekordini o'rnatdi. 

Kafedra tasarrufida faoliyat ko'rsatayotgan ustoz-murabbiylar, professor-o'qituvchilarning mehnatlarini tahsinga sazovor deyish mumkin. Boisi, mamlakatimizda engil atletika bo'yicha oltmish besh yildirki, mutaxassis-kadrlar tayyorlanadi. SHuni alohida takidlash kerakki, ushbu dargohda talim olgan ko'pchilik atletlar nafaqat Osiyo va jahon chempionatlarida, balki Osiyo o'yinlari, paralimpiya o'yinlari, yozgi Olimpiadalarda ishtirok etishgan. 

Jumladan, Tatyana Biryulina, Aleksandr Xarlov, Anatoliy Dimov, Marina SHmonina, Sergey Usov, Oleg Veretelnikov, Sergey Voynov, Evgeniy Petin, Sergey Kot, Svetlana Munkova, Vladimir Parfenov, Roman Poltorackiy, Yuriy Aristov, Lyubov Perepelova, Viktor Ustinov, Zamira Amirova, Elena Kvyatkovskaya, Go'zal Xubbieva, Elena Drozdova, Irina Vorobeva, Oleg Juravlev, Liliya Dusmetova, Pavel Andreev, Leonid Andreev, Rifat Ortiqov, Anastasiya Juravleva, Rinat Tarzumanov, Bobur SHokirjonov, Ekaterina Varonina, Anastasiya Svechnikova, Sofiya Burxanova, Sergey Dementev, Oleg Normatov, Doniyor Soliev, Doniyor Ahmedov, Maruf Murodullaev, Farux Mirzakulov, Nozima Qayumova, Rigina Adashbaeva, Andrey Petrov, Islom Sibagatulinlar vatanimiz shanini munosib himoya qilishgan.

Kafedrada 2013-2018 yillar davomida ixtisoslik bo'yicha professor-o'qituvchilar tomonidan 6 ta darslik, 5 ta o'quv qo'llanma, 50 dan ortiq o'quv-uslubiy qo'llanmalar tayyorlandi. SHu bilan birga 50 dan ortiq ilmiy maqolalar mahalliy va xorijiy jurnallarda nashrdan chiqarildi. Docent M. Olimov boshchiligida 20 nafardan ortiq magistrlar tayyorlanib, dolzarb mavzularda dissertaciya ishlarini himoya qilishdi, 10 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 50 nafardan ziyod sport ustalari tayyorlandi. Kafedra professor-o'qituvchilaridan 10 nafari esa mustaqil tadqiqotchi sifatida bugungi kunda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Docentlardan M. Olimov, L. Smurigina, N. To'xtaboevlar hozirda doktorlik dissertaciyasi bo'yicha ish olib borishayotgan bo'lishsa, katta o'qituvchilardan T, Rasulova, I. G'aniboev, K. Ruzamuxammedov, I. Soliev va A. Baratovlar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga etibor qaratgan.

 Mamnuniyat bilan takidlash kerak, engil atletika sport turi bo'yicha bitiruvchilardan Gennadiy Arzumanov, Klara SHokirjonova, Sardor Abduxoliqov kabi 27 nafari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiylar, 8 nafar O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchilardir. Bundan tashqari kafedra bitiruvchilaridan 25 nafari engil atletika mutaxassisligi bo'yicha nomzodlik dessirtaciyasini himoya qilishgan.  Andris Egon Robertovich, Xamroqul Rafiev, Ropijon Qudratov, Klara SHokirjanovalardan iborat professor unvoniga ega bo'lgan ustozlarni universitetda barcha birdek faxrlanishadi. 

Kafedra mudiri v.v.b. Iqrorjon Soliev boshchiligida hamkorlik aloqalariga ham alohida etibor qaratilgan. Xalqaro hamkorlik doirasida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Nikolay Ozolin nomidagi Engil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, Povoljsk davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm akademiyasining Engil atletika kafedrasi (Rossiya), CHubaksar davlat pedagogika universitetining Jismoniy tarbiya nazariyasi va asoslari kafedrasi (Rossiya), Lvov davlat jismoniy tarbiya universiteti Engil atletika kafedrasi (Rossiya) bilan mustahkam aloqalar yo'lga qo'yilgan. Mahalliy hamkorlikda esa O'zbekiston engil atletika federaciyasi, engil atletika bo'yicha ROSMM, CHirchiq shahar BO'SM, O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi (biatlon), O'zbekiston triatlon federaciyasilari bilan doimiy hamkorlik o'rnatilgan. 

SHuningdek, professor-o'qituvchilar tomonidan kafedrani rivojlantirishning istiqbolli ustuvor rejalari hamma yo'nalishlar kesimida ishlab chiqilgan. O'quv, o'quv-uslubiy yo'nalishda, ilmiy ishlar va innovaciya yo'nalishda, xalqaro hamkorlik ishlarini kengaytirish yo'nalishida, manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish yo'nalishdagi qator ishlarni amalga oshirish kafedraning yaqin kelajakdagi ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. 

Darhaqiqat, mamlakatimiz sport ravnaqi uchun engil atletika, biatlon va triatlon bo'yicha kadrlar tayyorlanayotgan ushbu kafedrada bugun Iqrorjon Soliev rahbarligida 1 ta professor, 3 ta docent, 5 ta katta o'qituvchi, 13 ta o'qituvchi, o'rindoshlik asosida 4 ta katta o'qituvchi, 1 ta o'qituvchilar talabalarga talim-tarbiya berishmoqda. Mehribon va jonkuyar ustozlarning mushtarak maqsadalari – talabalarning tanlagan mutaxassisliklari bo'yicha bilimli kadrlar bo'lishi, Osiyo va jahon chempionatlarida, har to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo'lmish Olimpiada o'yinlarida, Osiyo o'yinlarida g'oliblikni tantana qilib, Vatanimiz obro'sini yanayam yuksaltirishni ko'rishdan iborat. Zero, buning uchun universitetda shart-sharoitlar har qachongidan-da alo! 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

   
16 iyu 18:18:09
Sardorbek Turgʻunboyev
Iltimos biladiganlar yordam beringlar
   
16 iyu 18:16:11
Sardorbek Turgʻunboyev
Ish joyi yoki tel raqami bormi biz juda eski tanishlar edik xozir topa olmayapman
   
16 iyu 18:15:22
Sardorbek Turgʻunboyev
Klara Toshkenboyevnani qanday topsam boʻladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing