So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

28 avg 10:39
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ldi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Gandbol, badminton, tennis o'yini mamlakatimizda ommabop va sevimli sport turlaridan hisoblanib, jismoniy tarbiya va sport sohasida alohida ahamiyatga ega. Ushbu sport turlari bilan shug'ullanishda insonning barcha jismoniy sifatlari rivojlanishi kuzatiladi. Ko'plab sport turlari kabi gandbol, tennis, badminton bilan shug'ullanish orqali ham organizmning turli tizimlari faoliyati yaxshilanadi va rivojlanadi.

Yurtimizda aholi orasida, ayniqsa, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishda mazkur sport turlari asosiy omillardan hisoblanadi. 

Gandbol, badminton, tennis bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, amaliy va nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni berishda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport o'yinlari fakulteti negizidagi Gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvlarining asosiy ustuvor vazifalari hisoblanadi.

Kafedra tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, gandbol va tennis ixtisosliklari universitetda ilk bor 1960 yili tashkil etilgan va Sport o'yinlari kafedrasi tarkibiga kiritilgan. Dastlab kafedrani Grigoriy Keshishev boshqargan. 1966 yilda Futbol va qo'l to'pi kafedrasi tashkil etildi va kafedraga p.f.n Gennadiy Sergeev rahbarlik qildi. 2011 yilda Gandbol va tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashkil topadi. Yangi tashkil etilgan kafedrani p.f.n. O. Abdalimov boshqardi. 2014 yilga kelib, ushbu kafedrada badminton ixtisosligi ham yo'lga qo'yildi. 2018 yili esa Gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashkil etildi va hozirgi kunda kafedrani docent SHuhrat Furqatjonovich Tulaganov boshqarib kelmoqda.

Yillar mobaynida kafedra tomonidan yuzlab mutaxassislar tayyorlandi, ularning aksariyati o'z faoliyatida yuksak natijalarga erishib, etiroflarga sazovor bo'lishdi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiylardan F. Abdurahmonov, V. Ogirenko, V. Kaplinskiy, V. Golovchenko, V. Izaak, V. Konoplev, O'zbekistonning birinchi sport ustalaridan F. Abdurahmanov, M. Jukov, M. Sirotenko, M. Magdulin, B. Pikin, A. Pantalenko, A. Didichenko, A. Oleynikov, N. Ishimbaev, N. Rahmatov, G. Ishkovlar shular jumlasidan. 

Xalqaro toifadagi hakamlardan M. Jukov, M. Sirotenko, pedagogika fanlari nomzodi, professor V. Izaak, p.f.n., docent E. Seytxalilov, p.f.n., professor A. Rivkin, p.f.n., professor J. Akramov, p.f.n, docent T. Nabievlar kafedraning faxriy bitiruvchilari hisoblanib, O'zbekistonda gandbol, tennis, badminton sport turlarini yanada rivojlantirishga katta hissa qo'shib kelishmoqda.

Ayni paytda kafedrada talabalarning puxta bilim olib, yuqori salohiyatli mutaxassislar bo'lib etishishida professor Ferdeus Abduraxmanov, docentlardan SHuhrat Tulaganov, SHoislom Pavlov, SHerzod Po'latov, katta o'qituvchilardan Rayhon Karieva, Nafisa Ahmedova, Zoir Yusupov, Viktor Mun, o'qituvchilardan Sabina Suloymonova, Rustam Isroilov, Abdulla Azamatov, Abror Mo'minov, SHahnoza Saidova, Marhabo G'anieva, SHoolim Isroilov, Bekzod Azimqulovlar ustozlik qilishmoqda.

Kafedra o'zining chempion talabalari bilan ham faxrlana oladi. Talabalarning xalqaro musobaqalardagi qo'lga kiritgan natijalarini tahsinga loyiq deyish mumkin. Misol uchun 2013 yil 1-9 dekabr kunlari Rajatxon (Tailand) shahrida gandbol bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida janubiy-sharqiy Osiyo chempionatida kafedra talabalarini o'z tarkibiga olgan O'zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari faxrli 1-o'rinni egallagan. 2013 yil 5-15 dekabr kunlari Florensiya (Italiya) shahrida gandbol bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida xalqaro turnirda o'ntaga yaqin jamoalar o'rtasida o'g'il bolalar 3-o'rinni, qizlarimiz faxrli 1-o'rin qo'lga kiritishgan. 2014 yil 10-17 mart kunlari Astana (Qozog'iston) shahrida gandbol bo'yicha qizlar o'rtasida xalqaro turnirda faxrli 2-o'rinni egallashdi. 2014 yil 13-19 may kunlari qo'l to'pi bo'yicha Qarshi shahri mezbonlik qilgan xalqaro Trofi musobaqasining Markaziy Osiyo mintaqaviy turnirida o'g'il bolalar va qizlar barcha raqiblarini engib, 1-o'rin qo'lga kiritdi. 2014 yil 6-12 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida gandbol bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida xalqaro bolalar festivalida 178 dan ortiq jamoalar orasida faxrli 3-o'rinni band etishdi. 2014 yil 3-13 iyul kunlari Teramo (Italiya) shahrida gandbol bo'yicha yoshlar terma jamoalari o'rtasida xalqaro turnirda 27 ta davlat ichidan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritib, oltin medallarga ega chiqishdi. 2014 yil 20-27 noyabr kunlari Astana (Qozog'iston) shahrida gandbol bo'yicha erkaklar o'rtasida xalqaro turnirda 2-o'rinni egallab, kumush medal sohiblariga aylanishdi. 2019 yil 22-30 dekabr kunlari Singapur davlatida o'tkazilgan janubiy-sharqiy Osiyo chempionatida o'g'il bolalardan iborat yoshlar terma jamoasi faxrli 3-o'rinni, qizlardan iborat milliy terma jamoamiz esa faxrli 2-o'rin qo'lga kiritib, kumush va bronza medallari bilan qaytishdi. Bunday misollarni badminton va tennis turlarida ham keltirish mumkin.

– Axborot izlash, uni qabul qilib, qayta ishlash imkoniyatlari tobora takomillashayotgan bir pallada kafedra professor-o'qituvchilari oldida ikki muhim talab qo'yilmoqda, – deydi kafedra mudiri SHuhrat Tulaganov. – Birinchidan, har bir o'qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo'lishi, o'z ixtisosligiga doir yangilanishlarni nazorat qilishi va shu asosda o'qitishning sodda, lekin tasirchan usullari ustida bosh qotirishi, talabalarning qiziqish ko'nikmasini yuksaltirishga erishishi lozim. Bu esa tinmay izlanish, bilim va ko'nikmalarni oshirish, talim sifatini yanada yaxshilash, talabalarga mustaqil ilm egallash imkoniyatlarini taqdim etish va kreativ yondashuvni talab etadi. Ikkinchidan esa – zamonaviy talim texnologiyalarini qo'llash asnosida talaba-yoshlarda Vatanni sevish va ardoqlash, milliy-manaviy merosni asrash tuyg'ularini yuksaltirish lozim bo'ladi. SHuningdek, talabalarimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini terang anglashi va kelajakda unga o'z hissalarini qo'shishi zarur. Kafedramiz istiqboldagi rejalarini ham ishlab chiqqan. Mazkur istiqboldagi rejalarimizga muvofiq, sport turlari bo'yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni yozish va nashrdan chiqarish (darslik, o'quv qo'llanma o'quv-uslubiy qo'llanma, uslubiy tavsiyanomalar), xorijiy talim muassasalarida bilim olish va malaka oshirish, amaliyot o'tashda kafedra professor-o'qituvchilarning ishtirokini taminlash, universitet professor-o'qituvchilari va talabalar o'rtasida sport turlari bo'yicha sport tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishdan iborat. Kelgusi rejamizda o'quv-mashg'ulot jarayonining o'quv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun kafedra professor-o'qituvchilari, olimlar, sport o'yinlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sport mutaxassislaridan tashkil topgan kompleks ilmiy guruhlarini tuzish, O'zbekiston gandbol federaciyasi, O'zbekiston tennis federaciyasi, O'zbekiston badminton federaciyasi, Sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, bolalar-o'smirlar sport maktablari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko'zda tutilgan. Xalqaro hamkorlik doirasida esa gandbol, tennis, badminton bo'yicha nufuzli xorijiy sport-talim muassasalari professor-o'qituvchilari, trenerlar va mutaxassislarini jalb etish, ular ishtirokida namunali o'quv maruzalar, amaliy darslar, master-klass va treninglar o'tkazish istiqbolli rejalarimiz dasturidan joy olgan.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing