So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

25 avg 11:47
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – qishki sport turlari kafedrasi

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ldi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Qishki sport turlari ko'plab mamlakatlar aholisining salomatligi va jismoniy imkoniyatlarini yaxshilash jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Biroq qishki sport turlari bo'yicha rivojlangan mamlakatlar – Avstriya, Kanada, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Rossiya, AQSH, Finlyandiya, Franciya, CHexoslovakiya, SHveycariya, SHveciya va Yaponiyada hisoblanishadi. Ushbu mamlakatlarida Jahon va Evropa chempionatlari va musobaqalari o'tkaziladi. 

Dastlab, mamlakatimizda qishki sport turlari bilan bog'liq ayrim tarixiy malumotlarga etibor qaratib o'tamiz.

Mamlakatimizda 1970 yillarda xokkey sport turi rivojlana boshladi. 1973 yilda "Binokor" xokkey jamoasi SHarqiy zonaning kuchli beshligidan joy oldi va Sobiq Ittifoqida mashhurlikka erishdi. “Binokor” 1973-1988 yillarda xokkey bo'yicha Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi va ikkinchi ligalarida o'ynagan. SHukurullo Karimov, Baxtiyor Rashidov, Roman Kamaliddinov, Ildar Azizov, Ilmir Karimov, Rustam SHamedov, Xayriddin Alimxodjaev, Alisher Azimov, Sobir Alimxodjaevlardan iborat xokkeychilarimiz ushbu tarkibda ishtirok etishgan.

O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgach, ilk marta 1994 yili Norvegiyaning Lillexammer shahrida bo'lib o'tgan qishki Olimpiadada mustaqil davlat sifatida O'zbekiston bayrog'i ostida musobaqada ishtirok etdi. Bu mustaqil O'zbekiston uchun tarixidagi ilk Olimpiada edi. Sababi – bungacha mamlakat yozgi Olimpiada o'yinlarida ham hali mustaqil davlat sifatida ishtirok etmagandi.

Lillexammerdagi qishki Olimpiadada O'zbekiston sharafini figurali uchish bo'yicha Aliki Sergaadu, Yuriy Razgulyaev, Dinara Nurbaeva, Muslim Sattorov, fristayl bo'yicha Lina CHeryazova, Sergey Brener, Larisa Udodovalardan iborat etti nafar sportchi himoya qilishgan. 

O'zbekiston sporti tarixida bu qishki Olimpiadaning yana bir alohida ahamiyatli tomoni shundaki, unda fristayl ustasi Lina CHeryazovaning ishtiroki bo'lgandi. L. CHeryazova O'zbekiston sporti tarixida olimpiadalarda qo'lga kiritilgan ilk oltin medalni aynan Norvegiyaning Lillexammerida fristaylning akrobatika yo'nalishida qo'lga kiritgan. U hatto 1993 yilgi jahon chempionatida ham shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. Afsuski, hozirgacha bu medal qishki Olimpiada tarixida qo'lga kiritilgan yagona medalimiz bo'lib qolmoqda. Undan keyin o'tkazilgan beshta qishki Olimpiadada ham O'zbekiston terma jamoasidan omad yuz o'girmoqda.

Biroq kiyingi yillarda O'zbekistonda qishki sport turlari bo'yicha alohida etibor qaratilmoqda. Yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh sportchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash, qishki sport turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga etkazish, xalqaro talab va standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash, bolalar-o'smirlar sport maktablarida va terma jamoalar uchun o'quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda qishki sport turlari bo'yicha yirik xalqaro musobaqalarni o'tkazish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport o'yinlari fakultetida negizida Qishki sport turlari kafedrasi tashkil etildiki, bu ham bo'lsa mamlakatimizda qishki sport turlari rivoji va ravnaqi uchun etuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlashdan iborat bo'ladi. 

Ish faoliyatiga endi bir yil to'lgan Qishki sport turlari kafedrasiga bugun pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Sultanbek Davletmuratov kafedra mudiri sifatida rahbarlik qilmoqda. Kafedraning yangidan tarkib topgan professor-o'qituvchilari Abduhamid Karimov, Vitaliy Lushachev, Baxtiyor Rashidov, SHoxruh Xojiev, Ibrohim Jo'raev, Isroil Buraimovlar kunduzgi va sirtqi talimda tahsil olayotgan 38 nafar talabalarga xokkey sport turining sir asrorlarini o'rgatishmoqda. SHu o'rinda aytish joiz, yangi o'quv yilidan boshlab tog' chang'isi mutaxassisligi bo'yicha ham faoliyat yo'lga qo'yiladi. 

– Har bir professor-o'qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo'lishi, o'z ixtisosligiga doir yangilanishlarni nazorat qilishi va shu asosda o'qitishning sodda, lekin tasirchan usullari ustida bosh qotirishi, talabalarning qiziqish va ko'nikmasini yuksaltirishga erishishi lozim. Bu esa tinmay izlanish, bilim va ko'nikmalarni oshirish, talim sifatini yanada yaxshilash, talabalarga mustaqil ilm egallash imkoniyatlarini taqdim etish va kreativ yondashuvni talab etadi. SHuningdek, zamonaviy talim texnologiyalarini qo'llash asnosida talaba-yoshlarda Vatanni sevish va ardoqlash, milliy-manaviy merosni asrash tuyg'ularni yuksaltirish lozim bo'ladi. SHuningdek, yigit-qizlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini terang anglashi va unga o'z hissalarini qo'shishi zarur, – deydi kafedra mudiri Sultanbek Davletmuratov.

Kafedrada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi PQ-4583-sonli “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosini taminlash va shu asosida istiqbolli dastur-rejalar ishlab chiqilgan. Kafedraning istiqboldagi rajalariga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan engil konstrukciyali yopiq muz qoplamali maydonlarni (xokkey, figurali uchish, short-trek va kyorling) qurish hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan taminlash, Qishqi sport turlari kafedrasi bakalavriat talim yo'nalishiga qishki sport turlari yo'nalishlari bo'yicha sonini oshirish, qishki sport turlari bo'yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni yozish va nashrdan chiqarish (darslik, o'quv qo'llanma, o'quv-uslubiy qo'llanma, uslubiy tavsiyanomalar), shuningdek, xorijiy talim va ilmiy muassasalarida talim olish, malaka oshirish, stajirovka o'tashlarda kafedra professor-o'qituvchilarning ishtirokini taminlash, universitet professor-o'qituvchilari va talabalar o'rtasida qishki sport turlari bo'yicha sport tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish, o'quv-mashg'ulot jarayonining o'quv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun Qishki sport turlari kafedrasi professor-o'qituvchilari, olimlar, qishki va murakkab texnik sport turlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sport mutaxassislaridan tarkib topgan kompleks ilmiy guruhlarini tuzish, O'zbekiston xokkey federaciyasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, “Binokor” xokkey klubi, “Xumo” xokkey klubi, “Semurg'” xokkey klublari bilan xamkorlik aloqalarni o'rnatish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.

Bundan tashqari qishki sport turlari bo'yicha nufuzli xorijiy sport-talim muassasalari professor-o'qituvchilari, trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, ular ishtirokida namunali o'quv maruzalar, amaliy darslar, master-klass va treninglar o'tkazish ham amalga oshiriladi. Darvoqe, hamkorlik aloqalari boshlangan, desak ham bo'laveradi. Boisi, P.F.Lesgaft nomidagi Sank-Peterburg milliy jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti bilan hamkorlik tufayli kafedraning to'rt nafar o'qituvchilari xokkey bo'yicha talim olib, mutaxassislik diplomiga ega bo'lishdi. 

Kelgusi ustuvor vazifalardan biri – O'zDJTSU qishki sport turlari talim yo'nalishlariga kirish imtihonlari bo'yicha umumiy o'rta talim maktablari va kollej bitiruvchilari o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish, ko'rgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa, o'smir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga bo'lgan qiziqishini orttirish, bir so'z bilan aytganda, o'g'il-qizlarni qishki sport turlariga oshno etish, katta sport sari etaklash, bilimli mutaxassis-kadrlar qilib etishtirish, yanayam muhimi – uzoq kutilgan qishki olimpiya o'yinlari tarixini yangilash, yani Lina CHeryazova kabi yoshlarning qishki olimpiya o'yinlariga g'oliblik bayrog'ini qadash bo'ladi!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing