So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

25 noy 09:12
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Teglar :  O'zDJTSU 65 yoshda
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yakkakurash sport turlari fakulteti tarkibiy qismi hisoblangan Milliy va xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ham o'z yo'nalishi bo'yicha yuqori o'ringa ega bo'lgan, etakchi kafedralardan sanaladi.

Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, kafedra 1956 yilda o'sha davrdagi O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi tashabbusi bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tarkibida ochilgan. Kafedra turli yillarda Milliy va xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, deb ham nomlangan. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi PQ-4881-sonli “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5368-sonli Farmoni hamda bu sohaga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining belgilangan Nizomidan kelib chiqqan holda mazkur kafedra ikkiga, yani Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati hamda Milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedralariga bo'lindi.

Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida 2018-2019 o'quv yili boshidan ilk bor docent N. A. Tastanov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelgan. 

2019 yil may oyidan boshlab esa kafedra mudirligiga katta o'qituvchi Tangriev Alisher Jumanazarovich tayinlangan. Oradan bir yil o'tib, 2020 yil may oyidan kafedraga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, karate bo'yicha xalqaro toifadagi hakam, docent SHuhrat Arslonov (v.b.) rahbarlik qilmoqda. 

Kafedrada talabalarning tanlagan sohalari bo'yicha bilimlarini yuksaltirishda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, professor A. N. Ilov, pedagogika fanlari doktori, professor A. N. Abdiev, docentlar SH. A. Arslonov, E. I. Bayturaev, I. B. Aliev, O. J. Dadaboev, katta o'qituvchilardan falsafa bo'yicha doktor (PhD) SH. S. Tursunov, A. J. Tangriev, S. Q. Adilov, B. B. Odilov, A. I. Xolmatov, o'qituvchilardan M. A. Rajapov, S. E. Qodirov, J. N. Abdiqulov, E. S. Lyulina, D. YU. Tashnazarov,   V. R, Ozdaeva, U. A. Alimov, J. A. Qutbitdinov, A. B. Jumaqulov, F. O. Berdievlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Kafedra tashkil topgandan buyon kurash turlari bo'yicha 3000 dan ortiq mutaxassis-kadrlar tayyorlandi. 

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 30 ga yaqin darslik, 850 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo'llanmalar chop etilgan.

Kafedrada bugungacha yunon-rum kurashi bo'yicha 80 nafardan ortiq, erkin kurash bo'yicha 90 nafardan ortiq, dzyudo bo'yicha 50 nafardan ortiq, sambo bo'yicha 40 nafardan ortiq xalqaro toifadagi sport ustalari, 800 nafardan ortiq sport ustalari etishib chiqqan.

Kafedra bitiruvchilaridan J. M. Nurshin, A. Taymuradov, A. Ilov, A. SHokirjonov, N. To'ychiev, B. Haydarov, SH. Arslonovlar sport turlari bo'yicha O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy unvoniga ega bo'lishgan.

Kafedra rahbari SHuhrat Arslonov boshchiligida hamkorlik aloqalariga ham alohida etibor qaratilgan. Bu borada hozirda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi, O'zbekiston sambo federaciyasi, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji, CHirchiq olimpiya zaxiralari kolleji, Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan oliy sport mahorati maktabi bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. SHuningdek, kafedra Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari jismoniy tarbiya institutlari va akademiyalarining turdosh kafedralari bilan doimiy hamkorlik qilib keladi. 

Xalqaro hamkorlik doirasida kafedraning 2018-2019 o'quv yili jarayoniga jalb etilgan Germaniya davlati yunon-rum kurashi bo'yicha yoshlar terma jamoasining murabbiylari Dubof Alek Vladimirovich va uning yordamchisi bilan uchrashuv tashkil etildi. Kafedraning talim jarayoniga jalb qilingan malakali, amaliy ish tajribasiga, yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga ega bo'lgan, sport sohasida yuqori natijalarni qayd etgan xalqaro toifadagi sport ustalari va murabbiylar, Germaniyaning yunon-rum kurashi bo'yicha yoshlar terma jamoasi va murabbiylari, kafedra katta o'qituvchisi A. Tangriev, erkin va yunon-rim kurashi bo'yicha murabbiylar A. Xolmatov, D. Tashnazarov, S. Adilovlar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji yunon-rum kurashi murabbiylari bilan hamkorlikda erkin va yunon-rum kurash zalida talabalar ishtirokida mashg'ulot olib borishdi. Mazkur o'quv-mashg'ulotlarda murabbiylar o'zaro tajriba almashishdi. Qo'shni Qozog'iston Respublikasining sport akademiyasi Kurash turlari kafedrasi bilan ham xalqaro hamkorlik bo'yicha shartnoma amalga oshirilmoqda. 

Kafedrada bugun innovacion guruhlar ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur guruhlarda kafedraning professor-o'qituvchilari, magistrantlar va iqtidorli talabalari istiqbolli rejasiga muvofiq, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. Universitet tomonidan o'tkaziladigan ilmiy-tadqiqot anjumanlarida M. Yuldashev, D. Mo'minova, I. Usmonova, A. Baroev, R. Nuriddinov, R. Kirimchieva kabi kafedra talabalari faol ishtirok etib kelishmoqda.

Kafedraning ayni paytda tahsil olayotgan yoki bitirgan talabalari orasida ko'pchiligi Osiyo va jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarda, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan yozgi Olimpiada o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritib, Vatanimiz obro'sini yanada yuksaltirayotganini aytmasa bo'lmas. 

Xalqaro toifadagi sport ustasi, Seul va Barselona shaharlarida bo'lib o'tgan erkin kurash bo'yicha ikki karra Olimpiada o'yinlari g'olibi Arsen Fadzaev, xalqaro toifadagi sport ustasi, Barselona va Atlanta shaharlarida bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida yunon-rum kurashi bo'yicha ikki karra g'olibi Maxorbek Xadarstev, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha Atlanta shahrida bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida kumush medal sohibi Artyom Bagdasarov, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida kumush medal sohibi, «SHuhrat» medali sohibi Abdulla Tangriev, xalqaro toifadagi sport ustasi, erkin kurash bo'yicha ikki karra jahon chempioni, Osiyo chempionati g'olibi, Pekinda o'tgan Olimpiada o'yinlari qatnashchisi, «O'zbekiston iftixori» mukofoti sohibi Dilshod Mansurov, xalqaro toifadagi sport ustasi, Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida yunon-rum kurashi bo'yicha bronza medali sohibi Elmurat Tasmuratov, xalqaro toifadagi sport ustasi, Rio-de-Janeyro Olimpiadasining yunon-rum kurashi bo'yicha bronza medali sohibi Ixtiyor Navro'zov, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati sovrindori Artyom SHturbabin, xalqaro toifadagi sport ustasi, sambo bo'yicha bir necha bor jahon chempionatlari sovrindori SHukur Gaziev, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha paraosiyo o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Feruza Yusupova, xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo chempionati g'olibi Ixtiyor Normurodov, xalqaro toifadagi sport ustasi, Rio-de-Janeyro Olimpiadasi qatnashchisi, bir necha bor Osiyo chempionati sovrindori Abbos Rahmonov, xalqaro toifadagi sport ustasi, sambo bo'yicha jahon chempioni Jasurbek Maxmatqulov, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi Bekmurod Oltiboev, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati sovrindori Nodira Yuldosheva, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati g'olibi Diyora Keldiyorova, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati g'olibi Kumush Kuryazova, xalqaro toifadagi sport ustasi, yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo chempionati g'olibi, «Mard o'g'lon» davlat mukofoti sohibi Ilhom Bahromov, xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudo bo'yicha Gran-pri g'olibi, Butunjahon armiya o'yinlari sovrindori Muxriddin Tilovov, xalqaro toifadagi sport ustasi, yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempionati sovrindori Aram Vardanyanlarni nafaqat kafedrada, balki universitetda ham faxr bilan tilga olishadi.

  Bir so'z bilan aytganda, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari universitetda yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanib, talabalarning o'z sohalari bo'yicha bilimli mutaxassis-kadrlar bo'lib etishishi yo'lida doimiy izlanishda, talabalar esa zo'r ishtiyoq bilan ilm olishga va ko'zlagan marralari sari, chempionlik cho'qqilari sari qadam tashlayotgani ayni haqiqat!

O'zDJTSUning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori Arslon Ilov, katta o'qituvchisi Alisher TANGRIEV hamda o'z muxbirimiz Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing