So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

14 iyu 07:51
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU bilan onlayn musobaqalar o'tkazish masalasi muhokama qilindi

Butun dunyoda yuzaga kelgan pandemiya sabab hozirda sport bo'yicha ham onlayn musobaqalarni tashkil qilish yo'lga qo'yilmoqda.

Mazkur usul orqali musobaqalarni qumsayotgan sportchilarga motivaciya berish, ularning bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazish va bu orqali pandemiya davrida ham sport ommaviyligini oshirish bosh vazifa bo'lib turibdi. Bugun ZOOM platformasida “Mini sport musobaqalarini o'tkazish, innovaciya va O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan doimiy hamkorlik” mavzusida vebinar tashkil qilindi. 

Unda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddi vakillari, O'zDJTSU rahbariyati, MOQ qoshidagi innovacion markaz professorlari va sport faxriylari ishtirok etishdi. Yig'ilishda MOQ rahbari hozirgi murakkab vaziyatda onlayn musobaqalarning ahamiyati ne chog'lik muhim ekaniga alohida to'xtalib o'tdi.

“Hozirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan asosiy terma jamoalarimiz uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish bo'yicha Vazirlar Mahkamasi va Respublika maxsus komissiyasidan ruxsat oldik. Hukumatimizning bizni shunday davrda qo'llab-quvvatlayotgani, sport rivoji uchun ko'rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz. Hozir butun dunyoda vaziyat murakkab. Sizlarda boy tajriba bor. Undan unumli foydalangan holda sportimizni shunday davrda ham rivoj topishiga hissa qo'sha olamiz. Sportchilarimizga motivaciya berish uchun mahalliy onlayn musobaqalar o'tkazish dasturini birgalikda ishlab chiqaylik. Zero, hozir butun dunyo onlayn tizimga o'tmoqda”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Onlayn yig'ilish davomida tegishli mutaxassislar tomonidan innovacion markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, atletlarimizning sport formasini nazorat qilib borish, onlayn musobaqalarni tashkil qilishda jahon tajribasidan foydalanish mavzularida ham atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing