So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

18 iyu 08:46
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU qoshida "Sport Akademy" nomli o'quv markazi tashkil etildi

Teglar :  O'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qoshida "Sport Akademy" nomli o'quv markazi tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ - 5117-sonli qarorining ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qoshida "Sport Akademy" nomli o'quv markazi tashkil etildi.

Kuni kecha mazkur o'quv markazining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi direktori o'rinbosari Azimjon Husanov, agentlikning Toshkent viloyati hududiy vakilligi boshlig'i Zarina Raximova, Respublika manaviy - marifiy markazning CHirchiq shahari filiali direktori Muyassar To'raeva, "FAN NURI" o'quv markazi direktori Farrux Aminov, "ZAR DONISH" xususiy korxonasi direktori SHoira Avazova, "Khan Book" MCHJ  tasischi rahbari Sardorbek Otaxonov hamda universitet rahbariyati va professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida Toshkent viloyati hududiy oliy va Xalq talimi xodimlarini xorijiy malaka oshirish va stajirovka dasturlariga tayyorlash, pedagog xodimlarning til bilish bo'yicha sertifikatlar olishlarini qo'llab-quvvatlash, Germaniya, Yaponiya va boshqa davlatlardan ko'ngilli o'qituvchilarni "Sport akademy" o'quv markaziga taklif etish bo'yicha kelishuvlar imzolandi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing