So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

21 jan 10:48
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU talabalari “Adiblar xiyoboni” va "G'alaba bog'i" da bo'lishdi

O'quvchi-yoshlarda o'zbek va jahon adabiyotiga bo'lgan qiziqishini oshirish, adib va mutafakkirlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg'usini yanada yuksaltirish maqasadida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport talim muassalarida manaviy-marifiy targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, vazirlikning joriy yil yanvar oyiga mo'ljallangan manaviy-marifiy targ'ibot tadbirlari rejasiga asosan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni” va “G'alaba bog'i”ga tashrifi uyushtirilib, tanishtiruv tadbirlari tashkil etilmoqda. 

Hozirgacha mazkur tadbirlarda universitetning Futbol va qishki sport turlari, Yakkakurash sport turlari, Ko'pkurash sport turlari, Sport o'yinlari va Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakultetlarining talabalari va professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

O'zbek tili va adabiyotining rivojiga ulkan hissa qo'shgan xalqimizning buyuk shoir va yozuvchilari haykallari o'rnatilgan aziz maskan - Adiblar xiyobonida o'tkazilgan manaviy targ'ibot tadbirlari talabalarda o'zgacha taassurot qoldirmoqda.  

Universitet talabalari ishtirokidagi “Adiblar xiyoboni” va “G'alaba bog'i”da tashkil etilayotgan manaviy-marifiy targ'ibot tadbirlari fevral oyiga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing