So’nggi yangiliklar

13:58"Ман Сити" ва МЮ Англия суперкубоги соврини учун қачон ўйнайди? 0 13:36Расман! Дана Уайт яна бир қизиқарли жангни эълон қилди 0 13:1520 ёшли теннисчи ўз юртида биринчи титулини қўлга киритди 0 12:53Шаҳрам Ғиёсов Кроуфорднинг Мадримовдан ягона устун жиҳатини айтди 0 12:31ОЧЛ. "Ал Айн" биринчи ва охирги чемпион 0 12:10European Cup 2024. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:48Каспер Рууд - учинчи бор Geneva Open ғолиби! 0 11:29Акбар Жўраев ва Ригина Адашбаева Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинлари йўлланмасига эга чиқишди 0 11:27Жаҳон чемпионатида сенсация - амалдаги чемпион Канада финалга чиқа олмади! 0 11:06Футзал. Бугун Жаҳон чемпионатига қуръа ташланади 0 10:45"Тарих яратиш учун!". Исроил Мадримов Кроуфорд билан жангга тайёрланиш учун АҚШга йўл олди (ФОТО) 0 10:39Камару Усман Дастин Порьенинг Ислам Махачевдан устун жиҳатини айтди 0 10:28Киз - Страсбург турнири чемпиони! 0 09:56Исроил Мадримов: «Вақти келди» 0 09:35Мбаппе ПСЖдаги сўнгги ўйинида Франция кубогини қўлга киритди! 0

02 mar 09:51
Yangiliklar

Kurash

O'zDJTSUda kurash va belbog'li kurash bo'yicha ochiq birinchilik o'tkazildi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kurash va belbog'li kurash bo'yicha Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevral kuni imzolagan "O'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi farmonida belgilangan vazifalar, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportga oid farmon va qarorlar ijrosini taminlash maqsadida o'tkazilgan mazkur ochiq birinchilikda 200 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishdi. 

Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, O'zDJTSU sport klubi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Marosimda so'z olgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, CHirchiq shahar prokurori o'rinbosari Azizbek Ismoilov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, jumladan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan etibor xususida takidlab, ishtirokchilarga omad tilashdi. 

Murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, belbog'li kurash bo'yicha 66 kg.da Mansur Abdullaev, 81 kg.da Azim Akbarov, +81 kg.da Ilyos Mirzahmadov hamda +63 kg.da Muslima Ahmedovalar oltin medal egalariga aylanishdi. 

Kurash bellashuvlarida esa 66 kg.da Mirodil Murodullaev, 81 kg.da Ozod Soatov, +81 kg.da Bahriddin Abduraimov, +63 kg.da Husnora Abdullaeva birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

- Hamkorlikdagi ushbu ochiq birinchilikni o'tkazishimizdan asosiy maqsad talabalarimizni, yaqin atrofdagi mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ommaviylikka etibor qaratish, shuningdek, milliy sport turlarimiz kurash va belbog'li kurashni yanada rivojlantirishdan iborat, - deydi O'zDJTSU Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Nuriddin CHorshamiev. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing