So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

09 sen 07:29
Yangiliklar

Tadbirlar

O'ZDJTSU​ga yangi prorektor tayinlandi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda universitet rahbariyati va professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi. 

Yig'ilishda ishtirok etgan  Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov so'nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar, xususan, mazkur universitetda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi bunyodkorlik ishlari haqida takidlab o'tdi.

SHundan so'ng Ravshan Ermatov O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan  O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektori lavozimiga Bayazitov Komil Faritovich tayinlanganini o'qib eshittirdi. 

Malumot uchun, Komil Bayazitov bungacha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Komil Bayazitov 1979 yilda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug'ilgan. 2004  yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutini (hozirgi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini) tamomlagan. 2006 yilda ushbu universitetning magistratura bosqichi tugatgan. Pedagogika fanlari nomzodi, docent.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing