So’nggi yangiliklar

10:12Ла Лигада мавсумнинг энг яхши мураббийи аниқланди, у "Реал" ёки "Барселона" устози эмас! 0 09:51Хабиб Нурмагомедов UFC'га қайтиши мумкин 0 09:30"Tour of Bostonliq". Бу сафар Никита Цветков кучлилар қаторида! 0 09:09Фомин Киселякда муваффақиятли старт олди 0 08:48Ла Лигада мавсумнинг энг яхши футболчиси эълон қилинди 0 08:27Дастин Порье Ислам Махачевга қарши жангни ўзига хос формада ўтказади + ФОТО 0 08:06"Tour of Bostonliq Ladies". Иккинчи босқичда Мисюрина иккинчи, Кускова учинчи бўлди 0 07:45Дзюдочиларимизнинг тоғли Бакурианидаги ўқув-машғулот йиғини давом этяпти ФОТОРЕПОРТАЖ 0 07:24"Ал Насср" маошини ошириш эвазига Роналду билан шартномани узайтирмоқчи 0 07:03Сакен Бибиосинов: "Ўзбеклардан олдин Қозоғистонда икки карра Олимпиада чемпиони бўлишини хоҳлардим" 0 20:49Қаршида Ўзбекистон кубогининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди 0 20:28Дмитрий Бивол: "Ҳозир Бетербиевни унутиб туришим лозим" 0 20:07Туркманистон терма жамоаси легионери Ўзбекистонга қарши ўйнамайди 0 19:46"Ролан Гаррос". Даниэль Коллинз муваффақиятли старт олди 0 19:25Ислам Махачев: "Порье билан жангим тўлиқ давом этмайди" 0

02 fev 12:49
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zini hurmat qilgan bokschi buncha ifloslikdan keyin faoliyatini davom ettirolmaydi - qozog'istonlik jahon chempioni karerasini yakunladi

Qozog'istonlik boks bo'yicha jahon chempioni 23 yoshida faoliyatini yakunlashini malum qildi va bunga aybdorlarni ham aytdi.

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi vakilasi Nadejda Ryabec 23 yoshida faoliyatini yakunlaganini malum qildi.

«Faoliyatimni tugatdim... Ha, men haqiqatan ham bu masalani bir muddat chetga surib qo'ydim, hayotimning eng yaxshi yillarini yo'qotishni xohlamayman. Men bu hayotni shu erda va hozir yaqinlarimning yonida yashashni xohlayman.

2023 yil men uchun hal qiluvchi yil bo'ldi. Menga sport bilan xayrlashish qiyin edi. Bunga sportchiga bo'lgan dahshatli munosabat, buzish juda qiyin bo'lgan ushbu tizim ichidagi tartibsizlik tasir ko'rsatdi.

Hozirgi boshqaruv mening 8 yillik professional faoliyatimdagi eng yomoni.

Bir qizni jamoadan chiqarib yuborishdi. Yana biri fuqaroligini o'zgartirdi va boshqa mamlakat nomini himoya qilmoqda, lekin men shunchaki ketishga qaror qildim va ular menga bu ishni amalga oshirishimda «ko'maklashishdi». Hech bir o'zini hurmat qiladigan sportchi buncha ifloslikdan keyin faoliyatini davom ettirmaydi.

Hozir men kundan-kunga rivojlanib, hayotimni yaxshilayapman.

Balki tartib bo'lganda sportga qaytarman», - dedi Nadejda.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Nadejda Ryabec uch karra Qozog'iston chempioni, shuningdek, o'smirlar o'rtasida jahon chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, u 2018 yilda o'smirlar Olimpiya o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing