So’nggi yangiliklar

20:21Уиттакерга қарши жангига ўзбеклар билан тайёргарлик кўраётган Чимаевнинг жисмоний ҳолатини кўрдингизми? + ФОТО 0 20:00"Интер" ёзда уч нафар футболчисини сотишга тайёр 0 19:39Пауэрлифтинг бўйича "Tаshkent Power" халқаро турнири ўтказилди 0 19:18Махачев Дастин Порьенинг фаолиятини якунлаш тўғрисидаги гапларига муносабат билдирди 0 18:57Россиялик яна бир фигурали учувчи спорт фуқаролигини ўзгартирди 0 18:36Товон пули 1 млрд долларга баҳоланган Родриго "Реал"ни тарк этмоқчи эмас 0 18:15WTA Саудиядан 5 йиллик шартнома учун қанча пул олиши маълум бўлди 0 17:54Конор Макгрегор Махачев - Порье жангига тахмин билдирди 0 17:33Райан Гарсия: "Тайсоннинг ўрнига Пол билан жанг қилишга тайёрман" 0 17:12Бироздан сўнг Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланади 0 16:51"Бургут" клуби "Ҳумо" хужумчисини ўз таркибига қўшиб олди + ФОТО 0 16:47Боксчи қизларимиз Олимпиада лицензион турнирида рингга чиқишди 0 16:30Конор Чендлер билан жангга деярли 1 ой қолганида қандай формада эканлигини кўрсатди 0 16:09"Ролан Гаррос". Дарья Касаткинада ҳам муваффақиятли старт 0 15:48Ўзбекистон Республикаси Президенти футзал бўйича Жаҳон чемпионатига муносиб тайёргарлик кўриш бўйича махсус қарор қабул қилди 0

28 sen 09:54
Yangiliklar

Qilichbozlik

Panamerika qilichbozlik konfederaciyasi ikkita yirik tadbirga mezbonlik qildi

Panamerika qilichbozlik konfederaciyasi ikki muhim Xalqaro tadbirni muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Ular COVID-19 pandemiyasiga qaramay, 40 dan ortiq Milliy federaciyalar va 330 nafar ishtirokchining qiziqishiga sabab bo'ldi.

FIE Hakamlar qo'mitasi azosi Irina Knish rahbarligida 10-13 sentyabr kunlari hakamlik qoidalari bo'yicha xalqaro bazaviy seminar muvaffaqiyatli o'tkazildi. Treningda 33 mamlakatdan 181 nafar milliy toifadagi hakamlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar 4 kun davomida FIE va CFE etakchi hakamlarining maruzalarini tingladilar, o'z bilimlarini yangiladilar va musobaqalardagi qiyin vaziyatlarni tahlil qilishda qatnashdilar.

Panamerika Konfederaciyasi mazkur tadbirni tashkil qilishda yordam bergan FIE rasmiy hakamlari: Vasiliy Milenchev, Natalya Juravlyova, Aleks Kuznecov va Xuan Karlos Riosga minnatdorchilik bildirdi.

Hozirgi vaqtda CPE FIE ishchi guruhi bilan birgalikda turli yo'nalishlar bo'yicha o'tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro onlayn treninglar uchun taklif va yangi tizim tayyorlamoqda.

Yangi o'quv kurslari uch darajaga bo'linadi: asosiy, ilg'or va maxsus. SHuning uchun FIE hakamlari o'z malakalariga qarab tegishli tayyorgarlikdan o'tadilar.

12-19 sentyabr kunlari qitalararo virtual musobaqa bo'lib o'tdi. Kutilganidek, qilichbozlik jamoatchiligi ham unda faol ishtirok etdi. Minglab tomoshabinlar sevimli sportchilariga ovoz berishdi. Ushbu interaktiv musobaqani 1 million 800 mingdan ortiq kishi tomosha qildi.

Ayollar o'rtasidagi musobaqa natijalariga ko'ra, birinchi o'rinni Saudiya Arabistonidan Yasmin Alsabban egalladi. Erkaklar o'rtasida esa O'zbekiston vakili Ilyos Molin g'olib bo'ldi.

Panamerika qilichbozlik konfederaciyasi barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi va g'oliblarni tabriklaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing